Янгиликлар
Yer uchastkasini onlayn xususiylashtirish mumkin
Yer uchastkasini onlayn xususiylashtirish mumkin
O‘zingizga tegishli yer uchastkasini my.gov.uz portali orqali uydan chiqmasdan turib xususiylashtirsangiz bo‘ladi. Faqat buning uchun bino kadastrdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
Xizmatdan foydalanishda jismoniy shaxslardan hech qanday hujjat talab etilmaydi. Yuridik shaxslar esa yer uchastkasini sotib olish to‘g‘risidagi qarorni ilova qilishadi.
Ushbu qulaylikdan foydalanish uchun:
my.gov.uz portalidan tegishli xizmat tanlanadi;
bo‘sh katakka kadastr raqamini yoziladi;
o‘zi haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi va to‘ldiradi;
to‘lovni amalga oshiradi.
Bunda:
Arizani ko‘rib chiqish uchun – 29700 so‘m
Yer uchastkasini xususiylashtirish uchun differensial to‘lov undiriladi.
Ma’lumot o‘rnida: mulkdorlar uchun xususiylashtirish to‘lovi yer uchastkasiga hisoblangan soliq miqdorining 20 barobari deb belgilangan.
Xizmat ko‘rsatish muddati – 5 ish kuni.
Чиноз тумани адлия бўлими Инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилиш ва ҳуқуқни қўллаш амалиётини ўрганиш бўлинмаси бош маслаҳатчиси
Энназаров Мақсуд Абдирахматович