Янгиликлар
Kelgusi oʻquv yilida 14 ta yoʻnalishga sirtqi taʼlim uchun qabul boʻlmaydi, boshqa yoʻnalishlar uchun 5 yillik pedagogik staj talab qilinadi
Kelgusi oʻquv yilida 14 ta yoʻnalishga sirtqi taʼlim uchun qabul boʻlmaydi, boshqa yoʻnalishlar uchun 5 yillik pedagogik staj talab qilinadi
Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-sonli qaroriga asosan 2023/2024 oʻquv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarining quyidagi 14 ta taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi:
60110600 — Matematika va informatika
60110700 — Fizika va astronomiya
60110800 — Kimyo
60110900 — Biologiya
60111000 — Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
60111400 — Oʻzbek tili va adabiyoti
60111500 — Ona tili va adabiyoti (tillar boʻyicha)
60111600 — Oʻzga tilli guruhlarda oʻzbek tili
60111700 — Oʻzga tilli guruhlarda rus tili
60111800 — Xorijiy til va adabiyoti (tillar boʻyicha)
60112000 — Chaqiriqqacha harbiy taʼlim
60112500 — Maktab menejmenti
60112600 — Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda xorijiy til (tillar boʻyicha)
60112700 — Maxsus pedagogika (faoliyat turlari boʻyicha)
Yuqoridagi koʻrsatilmagan pedagogika sohasidagi taʼlim yoʻnalishlariga sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqishga taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinadi.
Bunda, pedagogika sohasidagi taʼlim yoʻnalishlarida sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqish istagida boʻlgan shaxslarning taʼlim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi maʼlumotlar asosida belgilanadi.
Chinoz tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslahatchisi
Ennazarov Maqsud Abdiraxmatovich