Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun subsidiya beriladi


Aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun subsidiya beriladi

“2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–57-son, 16.02.2023-y.) qabul qilindi

 

            Qarorga koʻra, 2023-yilda umumiy quvvati 4 300 MVt boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishga tushiriladi. Jumladan:

 

▫️2 100 MVt – yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari;

▫️1 200 MVt – ijtimoiy soha obyektlari, xoʻjalik subyektlarining bino va inshootlari hamda xonadonlarda oʻrnatiladigan quyosh panellari;

▫️550 MVt – tadbirkorlar tomonidan barpo etiladigan kichik fotoelektr stansiyalari.

 

Shuningdek, 2023-yilda:

 

-davlat-xususiy sheriklik asosida 27 ta yirik quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalari quriladi;

-20 mingta ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari oʻrnatiladi;

-jami 11 ming nafar tadbirkorning bino va inshootlarida quyosh panellari oʻrnatiladi hamda kichik fotoelektr stansiyalari quriladi;

-37 ming aholi xonadonlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari oʻrnatiladi;

-foydalanishga topshiriladigan 765 ta koʻp qavatli uylar qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan taʼminlanadi;

-hududlarda 103 ta kichik va mikro gidroelektrstansiyalar barpo etiladi;

-5 407 ta ijtimoiy soha obyektlari koʻmir bilan isitiladi.

 

            2023-yil 1-apreldan respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini oʻrnatishni ragʻbatlantirish boʻyicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.

 

Dastur doirasida aholi tomonidan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga _1 000 soʻmdan subsidiya ajratiladi.

 

            Qarorga koʻra shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning bino va inshootlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi *“Yashil energiya” kompaniyasi* tashkil etildi.

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslahatchisi

Ennazarov Maqsud Abdiraxmatovich