Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

I VA II GURUH NOGIRONI BOʻLGAN YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA IMTIYOZLAR MAVJUD


I VA II GURUH NOGIRONI BOʻLGAN YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA IMTIYOZLAR MAVJUD

 

 

            “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining farmonining 7-bandiga koʻra 2018-yil 1-yanvardan boshlab faoliyat koʻrsatish turi va uni amalga oshirish joyidan qatʼi nazar I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxs hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida qatʼiy belgilangan soliq stavkasi oʻrnatilgan.

 

            Shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ishga yollangan har bir ishchi uchun — bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida qatʼiy belgilangan soliq stavkasi oʻrnatilgan.

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslahatchisi

Ennazarov Maqsud Abdiraxmatovich