Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida boʻlgan mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:


Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida boʻlgan mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:

 

▪️ oʻn nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining.

Mazkur imtiyoz fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi asosida beriladi;

 

▪️ pensionerlarning.

Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;

 

▪️ I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning.

Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi;

 

            Koʻrsatib oʻtilgan soliq imtiyozlariga ega boʻlgan shaxslar soliq imtiyozini olishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan erdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

 

            Ushbu moddada belgilangan soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga koʻra faqat bitta yashash uchun moʻljallangan koʻchmas mulk obyektiga tatbiq etiladi.

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslahatchisi

Ennazarov Maqsud Abdiraxmatovich