Янгиликлар
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni toʻlash quyidagi hollarda toʻxtatiladi
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni toʻlash quyidagi hollarda toʻxtatiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 654-sonli qaror bilan tasdiqlangan nizomga koʻra bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni toʻlash quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
▪️qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tayinlash muddati tugaganda;(1yil)
▪️ariza beruvchi yoki boshqa muomalaga layoqatli oila aʼzosi tomonidan yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga toʻlov toʻxtatilishini soʻrab ariza taqdim qilinganda;
▪️oila doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga koʻchib ketganida;
▪️“Yagona reestr” ATdagi yoki manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari bilan idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik tizimidagi texnik nosozlik natijasida, maʼlumotlar elektron ravishda toʻliq yoki qisman taqdim etilmaganligi sababli, shuningdek, arizani kiritishda va boshqa texnik xatolar oqibatida notoʻgʻri tayinlanganligi aniqlangan taqdirda. Ushbu holatda oʻtgan davrda toʻlangan mablagʻlar qaytarilmaydi;
▪️bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorga taʼsir koʻrsatgan ariza beruvchi tomonidan notoʻgʻri va ishonchsiz maʼlumotlar taqdim etilganligi yoki toʻliq taqdim etilmaganligi aniqlanganda;
Chinoz tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslahatchisi
Ennazarov Maqsud Abdiraxmatovich