Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

MANSAB VAKOLATINI SUIISTEʼMOL QILISH JAVOBGARLIKKA SABAB BOʻLADI


MANSAB VAKOLATINI SUIISTEʼMOL QILISH JAVOBGARLIKKA SABAB BOʻLADI

 

Hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining oʻz mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishi mumkin:

BHMining 150 baravaridan 300 baravarigacha (45 mln soʻmdan 90 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;

▫️ 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;

▫️ 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

▫️ 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

▫️ 1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash;

▫️ 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh mutaxassisi

Ennazarov Maqsud Abdiraxmatovich