Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Endi o‘qituvchi, maktab direktori, uning o‘rinbosarlari, psixolog, kutubxonachi hamda targ‘ibotchilarga ham 56 kalendar kundan iborat mehnat ta’tili beriladi


Endi o‘qituvchi, maktab direktori, uning o‘rinbosarlari, psixolog, kutubxonachi hamda targ‘ibotchilarga ham 56 kalendar kundan iborat mehnat ta’tili beriladi

     "Pedagog xodimlarga mehnat ta’tili berishning yangicha tartibi ishlab chiqildi", - deb yozmoqda Xalq ta’limi info telegram kanali:

     Ma’lumki, yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksiga muvofiq barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun 56 kalendar kun etib belgilandi.

     Pedagog xodimlarga beriladigan mehnat ta’tillari davomiyligini tartibga solib turuvchi avvalgi qo‘shma qaror juda eskirganligi bois yangi Mehnat kodeksi talablari asosida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi tomonidan qo‘shma qaror loyihasi ishlab chiqildi.

     Qaror loyihasida nafaqat o‘qituvchilarga, balki maktab direktori, uning o‘rinbosarlari, psixolog, kutubxonachi hamda targ‘ibotchilarga ham 56 kalendar kundan iborat bo‘lgan mehnat ta’tili berilishi nazarda tutilgan.

     Bugun mazkur hujjat loyihasi muhokamasining oxirgi kuni hisoblanadi. Demak, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bir necha mas’ul idoralar bilan birgalikda bu hujjatni imzolashi bilan kuchga kiradi.

     Hujjat rasman kuchga kirishi bilan maktablarda faoliyat yurituvchi barcha xodimlarning mehnat ta’tili muddati haqida to‘liq ma’lumot beramiz. Bizni kuzatishda davom eting.

 

Chinoz tuman adliya bo'limi yuridik xizmat

ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti

J.Muhammadiev