Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Kredit olish uchun norasmiy daromadingizni rasmiylashtirish haqida


Kredit olish uchun norasmiy daromadingizni rasmiylashtirish haqida

“Iste’mol krediti to‘g‘risida” gi Qonunning 8-moddasiga ko‘ra iste’molchi iste’mol krediti olish uchun kredit buyurtmasini va o‘z daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan boshqa hujjatlarni iste’mol krediti beruvchi tashkilotga taqdim etishi kerak.

     Sizning holatingizda daromadingizni rasmiylashtirish imkoni bor. Buning uchun doimiy yashash joyingizdagi soliq inspeksiyasiga o‘tgan yildagi daromadlaringiz haqida 1 aprelga qadar deklaratsiya topshirishingiz kerak. Sizning deklaratsiyangiz banklar tomonidan daromadingizni tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi.

     Deklaratsiya topshirilgach, 1 iyunga qadar daromad solig‘ini to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Lekin Soliq kodeksining 378-moddasi 8-bandiga ko‘ra siz amalga oshiradigan faoliyatga daromad solig‘i solinmaydi.

     Ushbu moddaga ko‘ra uy xo‘jaligida, shu jumladan dehqon xo‘jaligida yetishtirilgan hayvonlarni (qoramollarni, parrandalarni, mo‘ynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar va hokazolarni) tirik holda hamda ularni so‘yib mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda sotishdan (bundan sanoatda qayta ishlash mustasno) chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlarga daromad solig‘i soninmaydi, bundan manzarali bog‘dorchilik (gulchilik) mahsulotlari mustasno.

     Demak, siz o‘z uy xo‘jaligingizda yoki dehqon xo‘jaligingizda chorvachilik, dehqonchilik va asalarichilikdan olgan daromadlaringizga daromad solig‘i solinmaydi. Siz ushbu daromadlaringiz haqida soliq inspeksiyasiga deklaratsiya topshirib, soliq to‘lamagan holda norasmiy daromadingizni rasmiy daromadga aylantirib, kredit olishda foydalanishingiz mumkin.

 

Chinoz tuman adliya bo'limi yuridik xizmat

ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti

J.Muhammadiev