Янгиликлар
Toshkent shahri uchun alohida propiska tizimi bekor qilinadi
Toshkent shahri uchun alohida propiska tizimi bekor qilinadi
“Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi
Farmonga ko‘ra:
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari korpusini shakllantirishning majoritar-proporsional shakliga asoslangan saylov tizimi joriy etiladi;
“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi qonun bekor qilinadi;
2024 yil 1 yanvardan ma’muriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlardan davlat bojini undirmaslik, bunda davlat bojini ishni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha aybdor tarafdan undirish tartibi joriy etiladi;
2023 yil 1 avgustdan soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qat’i nazar farzandlarining O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Ushbu tartib ta’limning barcha bosqichlari — maktabgacha, maktab va oliy ta’lim tizimiga joriy etiladi;
2023 yil 1 iyundan chakana savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining faoliyat ko‘rsatish vaqtiga nisbatan cheklovlar bekor qilinadi.
Chinoz tuman adliya bo'limi yuridik xizmat
ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti
J.Muhammadiev