Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Alimentni o‘tgan vaqt uchun xam undirsa bo‘ladimi ?


Alimentni o‘tgan vaqt uchun xam undirsa bo‘ladimi ?

     Oila kodeksining 136-moddasida, aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi deb ko‘rsatilgan. Ya’ni, aliment undirish uchun qachon ariza bersangiz o‘sha paytdan undiruv boshlanadi. O‘tgan vaqt uchun esa undirilmaydi.

     Biroq ta’minot uchun mablag‘ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko‘rilganligi, ammo aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning uni to‘lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o‘tgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkinligi xam ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilgan.

      "Sudga ariza berishdan oldin aliment to‘lash to‘g‘risida men unga ming martalab aytganman, men uni ogoxlantirganman, aliment to‘lashi kerakligini bilar edi, lekin shu paytgacha to‘lamadi" kabi quruq gaplar alimentni sudgacha undirish choralari ko‘rilgan ekan degan narsaga olib kelmaydi. Sud aniq dalil va isbotlarga asoslanadi. Katta ehtimol bilan Sizda xam sudgacha aliment undirish choralarini ko‘rganingiz to‘g‘risida dalil-isbot yo‘q. Demak, Sizga aliment ariza bergan vaqtingizdan boshlab undirila boshlaydi.

 

 

Chinoz tuman adliya bo'limi yuridik xizmat

ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti

J.Muhammadiev