Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Manzil-maʼlumot axborotlarini olish tartibini bilasizmi?


Manzil-maʼlumot axborotlarini olish tartibini bilasizmi?

Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

Manzil-maʼlumot axborotlari – fuqaroning doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganligi, shuningdek, maʼlumot mavjud emasligi haqida maʼlumotlardir.

Xizmatni koʻrsatish tartibi:

Bu axborotlarni olish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Soʻrovnoma toʻldirilgach, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, vakolatli organ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-maʼlumot byurolari)ga yuboriladi.

Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab 1 ish kunida QR-kod qoʻyilgan manzil-maʼlumot axborotni rasmiylashtiradi hamda uni tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

Ariza beruvchilar faqat oʻzlariga tegishli manzil-maʼlumot axborotlarini olishlari mumkin. Boshqa shaxslarga tegishli manzil-maʼlumot axborotlari berilmaydi.

Xizmatni koʻrsatish muddati: 1 ish kunida

Xizmat narxi:

➖ BHMning 3 foizi miqdorida – 9 900 soʻm;

Huquqiy asos: Hukumat qarori (https://lex.uz/docs/3930387) (797-son, 04.10.2018-y.)

 

 

Chinoz tumani adliya bo’limi davlat

xizmatlari markazi bosh mutaxasissi

Jasur Ahmedov