Янгиликлар
Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?
Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?
Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.
Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar
Murojaatlar qabul qilinadi – YIDXP – my.gov.uz;
Faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan jismoniy shaxsning patent vakiliga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Patent vakillari attestatsiyasi har 5 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan savollar asosida malaka imtihonini suhbat shaklida o‘tkazish:
intellektual mulk huquqiga oid umumiy qoidalar;
sanoat mulkiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi;
sanoat mulki sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari.
Malaka imtihoni o‘tkazilgan kunning o‘zida suhbat natijasi e'lon qilinadi
Patent vakilini Patent vakillari davlat reyestriga kiritish va patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan guvohnomani malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida yuboriladi
To‘lanadigan yig‘im miqdori:
— Ariza topshirish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – 1 200 000 so'm (BHMning 4 baravari);
Ma'lumot uchun: Patent vakili guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar qayta attestatsiyadan o‘tmagan taqdirda belgilangan tartibda sudning qarori asosida reyestrdan o‘chiriladi
Chinoz tumani adliya bo’limi davlat
xizmatlari markazi bosh mutaxasissi
Jasur Ahmedov