Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to`g`risida


Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to`g`risida

 

     Ma’lumki so‘ngi vaqtlarda davlat xizmatlari markazlari jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda. Vazirlar Mahkamasining  tegishli qaroriga ko‘ra, faoliyatini boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risida yagona nizom qabul qilindi. Mazkur nizom xabardor qilish talab etiladigan faoliyatni (harakatlarni) boshlaganlik haqida vakolatli organga xabarnoma yuborish, xabardor qiluvchilar faoliyatini nazorat qilish va ularning hisobini yuritish tartibini belgilaydi. Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar)  turlari «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-tamoyillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi. Qarorga ko‘ra, faoliyat (harakatlar)  turlari bilan  vakolatli organlarni xabardor qilmasdan shug‘ullanish taqiqlanadi. Reyestrga kiritilgan hamda faoliyatini amalga oshirayotgan xabardor qiluvchilarning belgilangan talab va shartlarga rioya etishi vakolatli organ (yoki uning hududiy bo‘linmalari) tomonidan nazorat qilinadi.

Xabardor qilish reyestrida xabardor qiluvchilarning faoliyat yuritayotganligi, faoliyati to‘xtatilgani, qayta tiklanganligi, tugatilganligi va boshqa holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Reyestr har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida «Litsenziya» ATda elektron shaklda yuritiladi va undagi ma’lumot barcha uchun ochiq hisoblanadi. Reyestr avtomatik tarzda shakllantiriladi va uning doimiy yuritilishi va unga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda «Litsenziya» axborot tizimi orqali kelib tushadigan so‘rovlar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.

 

 

Chinoz tuman adliya bo’limi

                                                                           davlat xizmatlari markazi                                                                                  bosh mutaxasisi

                                               I.Mirxalilov