Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Elektr energiyasi, tabiy gaz,ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlar) qiyoslashdan o`tkazishda hisoblagich nosozligi aniqlansa ularni ta`mirlash yoki yangisiga almashtirish bilan bogliq xarajatlar kimlarning xisobidan qoplan


Elektr energiyasi, tabiy gaz,ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlar) qiyoslashdan o`tkazishda hisoblagich nosozligi aniqlansa ularni ta`mirlash yoki yangisiga almashtirish bilan bogliq xarajatlar kimlarning xisobidan qoplanishi tog`risida

 

   Hukumatning 698-son qarori   bilan elektr energiyasi, tabiiy gazni, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha reglamentlar tasdiqlangan. Ushbu reglamentlarga muvofiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari tegishlicha hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz ta’minoti tashkilotlari, suv ta’minoti yoki hududiy issiqlik ta’minoti korxonalari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

        Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 215-moddasiga ko‘ra davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan. Shunga ko‘ra bu sohada ta’minotchi korxonalar xodimlari tomonidan yuqoridagi reglamentlar talablariga rioya etilmaslik, shu jumladan hisoblagich uchun ortiqcha mablag‘ undirish kabi holatlari aniqlanganda Adliya vazirligining quyidagi 1008 va 1148 ishonch telefoni raqamlariga yoki info@adliya.uz elektron pochtaga murojaat qilishingiz so‘raladi.

      Davlat xizmatlari soxasida amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning barchasi inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishiga va ularning qonuniy manfaatlari ishonchli ta’minlanishiga xizmat qiladi.

 

 

 


 

 

 


 

Chinoz tuman adliya bo’limi

                                                                           davlat xizmatlari markazi                                                                                  bo’lim boshlig’i

                                                                       S.Ismoilov