Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Aktuariy malaka sertifikatini berish Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.


Aktuariy malaka sertifikatini berish Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

 

Daʼvogar Davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi daʼvogar nomidan, YAIDXP orqali murojaat qilgan hollarda esa belgilangan shakldagi anketani elektron shaklda toʻldiradi. Anketani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli maʼlumot identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

    Daʼvogarning aktuariy malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi murojaatini koʻrib chiqish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun BHMning bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Daʼvogar davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, yigʻim summasining 90 foizi miqdorida undiriladi.

Malaka imtihoni kamida uch kishidan iborat guruhning shakllanishiga koʻra, lekin uch oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Malaka imtihonini oʻtkazish sanasi vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Vakolatli organ imtihon komissiyasining bayonnomalari qabul qilib olgandan soʻng uch ish kuni mobaynida belgilangan tartibda QR-kod qoʻyilgan aktuariy malaka sertifikatini rasmiylashtiradi va uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi murojaat etganda) yoki daʼvogarga YAIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda yuboradi. Agar aktuariy malaka sertifikati vakolatli organ tomonidan daʼvogarga YAIDXP orqali elektron shaklda yuborilsa, u avtomatik ravishda daʼvogarning elektron kabinetida namoyon boʻladi. Davlat xizmatlari soxasida amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning barchasi inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishiga va ularning qonuniy manfaatlari ishonchli ta’minlanishiga xizmat qiladi.

 

 

***********

Chinoz tuman adliya bo’limi

                                                                            davlat xizmatlari markazi                                           mutaxassisi D.Kodirova