Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Litsenziya shartnomasi, litsenziya va litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish xaqida


Litsenziya shartnomasi, litsenziya va litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish xaqida

 

Litsenziyalovchi organ bilan litsenziat o‘rtasidagi o‘zaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya shartnomasi ommaviy oferta shaklida YIDXPga joylashtiriladi va ariza berish jarayonida akseptlanadi.

 

Litsenziat yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan -joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish uchun ariza berishi shart.

Litsenziat -jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor)ning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi o‘zgargan taqdirda litsenziat qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish uchun ariza berishi shart.

Litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya/litsenziya varaqasi asosida amalga oshiradi.

Litsenziyalar/litsenziya varaqalarini qayta rasmiylashtirishda ariza beruvchining litsenziya/litsenziya varaqasini berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.

Davlat xizmatlari soxasida amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning barchasi inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishiga va ularning qonuniy manfaatlari ishonchli ta’minlanishiga xizmat qiladi.

 

 

***********

Chinoz tuman adliya bo’limi

                                                                            davlat xizmatlari markazi                                           mutaxassisi D.Kodirova