Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Ruxiy kasalliklar bo`yicha dispenser hisobida turish yoki turmaslik to`g`risidagi ma’lumotnomasini olish


Ruxiy kasalliklar bo`yicha dispenser hisobida turish yoki turmaslik to`g`risidagi ma’lumotnomasini olish

 

 

 

Ma’lumki so‘ngi vaqtlarda davlat xizmatlari markazlari jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda. Mazkur davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratik to‘siq va g‘ovlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik tizimi o‘rnatilib, idoralararo axborot almashuvi infratuzilmasidan foydalangan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida elektron hujjat aylanishi tartibi joriy qilindi va takomillashtirildi. Shu bilan birga davlat xizmatlari soni ham ko‘paymoqda, bu esa o‘z-o‘zidan davlat xizmatlari markazlarida navbatlarning ko‘payishiga olib keladi.

Ruxiy kasaliklar bo`yicha dispenser hisobida turish yoki turmaslik to`g`risidagi ma`lumotnomani olish tartibi bo`yicha Sog`liqni saqlash vazirligi davlat xizmatini ko`rsatuvchi sub`ekt hisoblanadi.

Bunda murojaatlar Davlat xizmatlari markazi va YaIDXP-my.gov.uz orqali qabul qilinadi. Xizmatdan jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin. ”Ijtimoiy ximoya yagona reystri” axborot tizimida ro`yhatga olingan shaxslarga shuningdek I va II gurux nogironligi bo`lgan shaxslarga davlat xizmati ko`rsatilishi uchun belgilangan yig`im 50 foizi miqdorida chegirma qo`llaniladi. Arizani ko`rib chiqish muddati – real vaqt rejimda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 2021 yil 1 iyundan boshlab davlat organlari, xo`jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimyat organlari, davlat tashkilotlari va mussasalari, tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan aholidan ruxiy kasalliklar bo`yicha dispenser hisobida turish yoki turmasligi to`g`risidagi ma`lumotnoma talab qilinmaydi.

Davlat xizmatlari soxasida amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning barchasi inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishiga va ularning qonuniy manfaatlari ishonchli ta’minlanishiga xizmat qiladi.

 

 

***********

Chinoz tuman adliya bo’limi

                                                                            davlat xizmatlari markazi                                           mutaxassisi D.Kodirova