Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Oilaviy Munosabatlarda mahallaning roli


Oilaviy Munosabatlarda mahallaning roli

 

Oila-hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini taʼminlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasllar qanday inson boʻlib yetishishiga bevosita taʼsir koʻrsatadigan tarbiya oʻchogʻidir.

Shu sababdan Mamlakatimizda oilaga jamiyatning asosi, muhim bir boʻgʻini sifatida qaraladi, bu nafaqat shaxsiy masala, balki u ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.

Oilaviy munosabatlarda mahalla institutining roli katta.Mahalla nufuzini koʻtarish nafaqat iqtisodiy, nafaqat ijtimoiy , balki bu siyosiy ,tarbiyaviy, ulkan maʼnaviy masaladir.Toshkent viloyatining deyarli barcha tumanlarida utkazilayotgan anjumanlarda maxalla maslahatchilari ishtirokida aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish , milliy, diniy anʼanalar va urf odatlarni saqlash hamda rivojlantirish maʼnaviy muxit barqarorligi, milatlar aro doʻstlik va xamjixatlikni mustaxkamlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish bilan bogʻliq masalalar tahlil qilinmoqda.  

Shu kunlarda “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi tomonidan qator tashkilotlar hamkorligida tuman va shaharlarda fuqarolar yigʻinlarining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslaxatchilari uchun “Muloqot madaniyati –oilalar bilan samarali ish olib borishningmuhim omili” mavzusida koʻrgazmali seminarlar tashkil etilmoqda.Zero bularning barchasi oila mustahkamligini oshirish maqsadida olib borilayotgan ishlar hisoblanadi,shunday ekan yoshlar eng avvalo oila muqaddas jamiyat boʻgʻini ekanligini yana bir bor his etmoqlari va bunga jiddiy qaramoqlari lozim deb hisoblayman.

 

 

Chinoz tumani FHDYO

boʻlimi inspektori                                   Sh.Ukibayeva