Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Oilaviy tarbiya va uning yoshlar xayotidagi oʻrni


Oilaviy tarbiya va uning yoshlar xayotidagi oʻrni

 

Jamiyatning muxim boʻgʻini boʻlgan oilani har tomonlama muhofaza qilish, oila manfaatlarini xuquqiy himoyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridandir.

Mamlakatimizda jamiyatning muxim boʻgʻini boʻlgan oila institutini mustahkamlash, yurtimizdagi maʼnaviy oʻzgarishlar asosida rivojlantirish ,nufuzini oshirish uchun barcha tashkiliy huquqiy asoslar yaratilgan. Xususan, Konstitutsiyamizda oilaning ijtimoiy maqomi aniq belgilangan. Oila, Fuqarolik, Uy-joy kodekslari va boshqa qonun hujjatlarida azaliy oilaviy qadriyatlar oʻz ifodasini topdi.

Insonning dunyoqarashini belgilaydigan maʼnaviy mezonlar avvalo oilada kurtak yozadi. Bolaning ertaga qanday inson boʻlib voyaga yetishi, nimalarga qiziqishi uning qanday oilada, qanday tarbiya topganiga bogʻliq.

Kelajak avlod haqida qaygʻurish,har tomonlama sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalab ,voyaga yetkazishga boʻlgan intilish xalqimizga xos xususiyatlardandir.

Ota – bobolarimiz oilaviy tarbiyani gʻoyat dolzarb va   nozik masala deb bilgan. Kelin qilish ,qiz uzatishda avvalo boʻlgʻusi kelin yoki kuyovning qanday tarbiya topgani surishtirilgan. Shu bois farzandimizning baxtu saodati, yorugʻ kelajagi uchun harakatni u dunyoga kelgan kundan boshlaymiz.Zotan, aqlli, odobli, bilimdon ,mehnatsevar, iymon-eʼtiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir.

 

 

Chinoz tumani FHDYO

boʻlimi inspektori                                            Sh.Ukibayeva