Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha sud hujjatlarini qayta ko‘rish asoslari


Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha sud hujjatlarini qayta ko‘rish asoslari

Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlar yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rilishi mumkin.

Hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

1) arizachiga noma’lum bo‘lgan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, lekin ish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar, agar ular ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lsa;

2) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan, qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz qaror chiqarilishiga sabab bo‘lgan holatlar, ya’ni guvohning bila turib bergan yolg‘on ko‘rsatuvi, ekspertning bila turib bergan yolg‘on xulosasi, atayin noto‘g‘ri qilingan tarjima, qalbaki hujjatlar yoki ashyoviy dalillar;

3) taraflarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning yoki sudyalarning mazkur ish bo‘yicha qonunga xilof, asoslantirilmagan yoxud adolatsiz sud hujjati qabul qilinishiga sabab bo‘lgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari;

4) sud hal qiluv qarorining, hukmining, ajrimining yoki qarorining yoxud shu hal qiluv qarori, ajrim va qaror chiqarilishiga sabab bo‘lgan boshqa organ qarorining bekor qilinishi.

O.Nishonov

O`rta Chirchiq tuman

adliya bo`limi boshlig`i