Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

25 yoshgacha xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq ish beruvchilarga to‘liq qoplab beriladi


25 yoshgacha xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq ish beruvchilarga to‘liq qoplab beriladi

“Yoshlarning bandligiga ko‘maklashish hamda ularni doimiy ish bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–61-son, 26.04.2023 y.) qabul qilindi

✅ Farmonga ko‘ra, 2023 yil 1 maydan 2025 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to‘lovchilar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan to‘liq qoplab beriladi.

⚠️ Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qoplab beriladi.

O.Nishonov

O`rta Chirchiq tuman

adliya bo`limi boshlig`i