Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Taraflarning kelishuv bitimi tuzish huquqi belgilandi


Taraflarning kelishuv bitimi tuzish huquqi belgilandi

 

Qonun bilan Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, taraflarning kelishuv bitimi tuzish huquqi belgilandi. Unga ko‘ra:

▫️ taraflar ma’muriy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida va sud hujjatini ijro etish jarayonida nizoni kelishuv bitimini tuzgan holda to‘liq hajmda yoki qisman hal etishi mumkin;

▫️ taraflarning kelishuvi faqat ularning nizoli ommaviy huquqiy munosabatlar sub’ekti sifatidagi huquq va majburiyatlariga taalluqli bo‘lishi hamda taraflarning o‘zaro yon berishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin;

▫️kelishuv bitimi yozma shaklda tuziladi va uni tuzgan shaxslar tomonidan imzolanadi;

▫️kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan deb hisoblanadi.

Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq, ma’muriy sud ishlarini yuritish sudning faol ishtiroki asosida amalga oshiriladi.

Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, arizalari, iltimosnomalari, ular tomonidan taqdim etilgan dalillar va ishning boshqa materiallari bilan cheklanmasdan ma’muriy ishning to‘g‘ri hal qilinishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha haqiqiy holatlarni har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshiradi.

Sud o‘z tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi bo‘yicha qo‘shimcha dalillar to‘playdi, shuningdek ma’muriy sud ishlarini yuritish vazifalarini hal qilishga qaratilgan boshqa harakatlarni bajaradi.

Shuningdek, sudga arizachi ariza (shikoyat) bilan bir qatorda arizada ko‘rsatilgan talablarga sababiy bog‘lanishda bo‘lgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabni ham taqdim etishga haqli.

“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, zararlarning o‘rnini qoplash haqidagi arizalar (shikoyatlar) bo‘yicha talab summasining 2 foizi miqdorida, biroq BHMning 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda davlat boji undiriladi.

Javlonbek Turaev