Янгиликлар
Xalqaro moliya institutlari amalga oshirayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarga QQS bo‘yicha imtiyoz qo‘llaniladi
Xalqaro moliya institutlari amalga oshirayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarga QQS bo‘yicha imtiyoz qo‘llaniladi
Hukumat qarori (167-son, 28.04.2023 y.) bilan “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan hamda olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risida”gi nizom qabul qilindi
Nizom bilan quyidagilar belgilandi:
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan va olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) QQS bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash;
loyihalar doirasida qarz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan bo‘lsa, tovarlarni olib kirish va tovarlarni (xizmatlarni) sotib olishda QQSni to‘lash;
Davlat byudjetidan QQSni to‘lash uchun mablag‘ ajratilgunga qadar loyihani amalga ashirish guruhi yoki ijro agentligiga 120 kun muddatga QQSni kechiktirib to‘lash huquqi berish;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan va olib kiriladigan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanadigan QQSni qoplab berish.
QQS bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash uchun loyha tashabbuskori (buyurtmachi) tomonidan bojxona organlariga loyihani moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida tasdiqnoma taqdim etiladi.
To‘liq yoki qisman xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘laridan QQSni qoplash uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan loyihalar bo‘lganda, qarz oluvchilarga QQSni to‘lash uchun Davlat byudjetidan mablag‘lar ajratiladi.
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanmaydigan loyihalar bo‘lganda, QQS uchun to‘lovlar qarz oluvchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Javlonbek Turaev