Янгиликлар
Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma’lumot.
Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma’lumot.
O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga asosan, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.
Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;
Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:
umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.
Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.
Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.
Bekobod tumani Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi
Bo’lim boshligi Xudaynazarov Mirzoxid Begijonovich