Янгиликлар
INTERNET IMKONIYATLARIDAN AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA FOYDALANISHNING AHAMIYATI
INTERNET IMKONIYATLARIDAN AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Axborotlashgan jamiyat texnik bazasini yaratishning bosh tamoyili internetglobal axborotlashgan infratuzilmasini rivojlantirish boʻlib qolmoqda. Jamiyat ushbu yangi holatining zaruriy sharti ijtimoiy hayotning barcha sohalarini kompyuterlashtirishdir. Shu asnoda texnika ushbu jarayoning faqat bir tomonini tashkil etadi. Uning boshqa tomonini esa, kommunikativ texnologiyalardan foydalanuvchi va shu bilan birgalikda yangi kommniukativ texnologiyalarni rivojlantiruvchi kishilar tashkil etadi. Internetkommunikatsiyalarda kundankunga kishilar sonining oʻsib borishi axborotlashgan jamiyat kommunikativ maydonini yaratadi.
Axborotlashgan jamiyat birinchi navbatda fan talab qiladigan yuqori texnologiyali vositalar mikroprotsessorli texnologiyalar hamda internet bilan taʼminlanadigan yuqori surʼatli kommunikatsion jarayonlar bilan xususiyatlanuvchi insoniyat tamadduni rivojining yangi bosqichidan iborat. Internet hamjamiyatlarning rivojlanishi tarmoqli iqtisodiyotning barpo boʻlishi hamda elektron tijoratning rivojlanishi, xakerlikning turli koʻrinishlari shaklidagi deviant xattiharakatning yangi turlarining paydo boʻlishida namoyon boʻluvchi jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishini belgilovchi omillaridan biriga aylanmoqda. Internet rivojlanib borishi bilan ham ish, ham shaxsiy xususiyatdagi kommunikatsiyalarning yanada katta qismi, virtual muhitda amalga oshirila boshlaydi. Virtual muloqotning axborotlarning katta hajmini qancha boʻlmasin uzoq masofalarga arzon uzatish imkoniyati, uzatilayotgan axborotni isloh qilish hamda saqlab qoʻyish va boshqa imkoniyatlar singari texnik afzalliklari bunga imkon yaratadi.
Masalan, internetdan maxsulotlar va xizmatlarni bozorga surish uchun vosita sifatida foydalanish yanada xilmaxil va jadal boʻlib bormoqda. Bir tomonlama xususiyatga ega boʻlgan (yetkazib beruvchidan isteʼmolchiga) Marketing harakatning anʼanaviy usuldan farqli oʻlaroq internet imkoniyatlarini hisobga oluvchi model “Qayta aloqa” tamoyiliga asoslangan, bu isteʼmolchidan faol axborotolishga imkon beradi, ammo internetning jozibadorligi faqat rasmiy, ish yoki ilmiy xususiyatdagi axborotlarni olish, uzatish va ishlov berish imkoniyatlaridagina emas, u koʻp jihatdan kishilarni muloqotga qiziqishi, shaxsiy ahamiyatga ega boʻlgan maʼnolarni ifodalash bilan qiziqtiradi. Muloqotning masofaviy xususiyati hamda xavfsizlikka boʻlgan asosiy extiyojni qondiruvchi yashirin muloqot imkoniyati, shuningdek, uydan chiqmagan holda bir vaqtning oʻzida koʻplab kishilar bilan muloqot qilish imkoniyati, muloqot tartibini erkin oʻrnatish zarurat tugʻilganda muloqotni toʻxtatish muloqotni yanada qulaylashtiradi. ”Hozirgi axborot kommunikatsiya va kompyuter texnologiyalari asrida internet kundan kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor boʻlib borayotgani haqida gapirib oʻtirishga hojat yoʻq[1].
Internetning kommunikativ makoni kommunikatsiyaning yanada yangi, turlituman vositalarini birlashtirgan holda jadal surʼatlar bilan oʻsib bormoqda. Zamonaviy jamiyat fenomeni sifatidagi internetning turli qiyofaligi oqibatlaridan biri shuki, unga bagʻishlangan aksariyat gumanitar tadqiqotlar ushbu koʻp qiyofali hodisaning faqat muayyan jihatlarinigina koʻrib chiqmoqda. Shu asnoda internet tadqiqotining u yoki bu jihatini tanlash koʻpincha paradigma ahamiyatga ega boʻlib, muallifga zamonaviy jamiyatdagi internetrolini belgilashni buyurmoqda.Buning oqibati sifatida ijtimoiy fenomen sifatidagi Internetning ahamiyati hanuzgacha bir maʼnoda baholanmagan. XXI asr tamadduni shiddatli ravishda insoniyat turmush tarzini oʻzgartirmoqda.
Barcha tamaddunlar kabi mazkur taraqqiyot ham oʻzining ijobiy xususiyatlari bilan bir qatorda kishilik jamiyatiga muayyan xavflarni solmoqda” .
Hozirgi vaqtda internet vujudga kelishi va rivojlanishi ijtimoiy jihatlarini tadqiq qilishga bagʻishlangan nashrlarning ulkan soni mavjud. Ammo, yuqorida koʻrsatilgan sababga koʻra bu holat axborotlashgan jamiyatning kommunikativ makoni sifatidagi internetning yalpi tadqiqoti dolzarbligi darajasini kamaytirmaydi. Bayon qilingan fikrlar oʻtkazilayotgan tadqiqot mavzusining dolzarbligini asoslab beradi.
Dolzarblik quyidagi sabablardan kelib chiqmoqda;
a) Internetning kommunikativ makonida yuz berayotgan kommunikatsiya shakllaridagi oʻzgarishlarning keskinligi, ushbu oʻzgarishlarni ilmiysotsiologik mushohada qilish zarurati;
b) turlituman foydalanuvchilar uchun internet kommunikativ imkoniyatlarini yuksak jozibadorligi va buning oqibati sifatida kommunikativ maydonning sel oqimidek kengayib borishi;
v) axborotlashgan jamiyatning asosiy xususiyatlariga ega boʻlgan kommunikativ makon sifatidagi internetning belgilovchi xususiyatlari aloqasi;
g) ilmiysotsiologik adabiyotda ushbu mavzuning yetarli darajada ishlanmaganligi. Bugungi kunda virtual muloqotning keng imkoniyatlari kundan kunga koʻproq kishilarni jalb qilmoqda. Ayrimlarini internetkommunikatsiyalardagi ijod qilish va oʻzini namoyon etishga extiyojni amalga oshirish jalb qilmoqda.Boshqalar uchun internetmuloqot “Men” qiyofasini shakllantirishning zarur shartidir. Yana boshqalar unda yolgʻizlikdan najotni koʻradilar. Internet kommunikatsiya muloqotni birmuncha bosimsiz qiladigan xususiyatlarga ega, u ogʻzaki boʻlmagan muloqot va yashirinlik hisobiga shaxsiy avtonomiyani saqlash imkoniyatini beradi.Boshqa tomondan virtual muloqotdagi osonlik koʻp vaqtini tarmoqda oʻtkazuvchi foydalanuvchilar uchun aniq muloqotni qoʻlga kirita olmaslikka olib keladi. Bu xolatda virtual kommunikatsiyaga ruju qoʻyish shaxsni qashshoqlashtiradi. Shaxslar aro munosabatlarni insoniylashtirish nuqtayi nazaridan virtual muloqot qator sabablarga koʻra bevosita kommunikatsiyaga cheklangan kishilar uchun zarurdir. Virtual kommunikatsiya shaxsning ichki ziddiyatlari, shuningdek, jamiyatdagi shaxslararo oʻzaro harakat muammolari aks etadigan koʻzgudir. Internet nisbatan qisqa davr mobaynida jamiyat hayotiga faol qoʻshildi va uning hayot faoliyatining barcha sohalarida harakat qilmoqda. Internet global tarmogʻiga eʼtibor jalb qilish maqsadida ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilayotgan bu tushunchaning kinoyali mazmuni aniqlangan muxbirlarning matnlarida “virtual voqelik” qandaydir xom hayollik, aqlga sigʻmaydigan narsa sifatida idrok etiladi. Ilmiy muhitda Internetga nisbatan mazkur tushunchadan foydalanish, eng avvalo texnologik va ijtimoiy funksional oʻxshashliklarning “virtual voqelik” texnologiyalariga mos kelishi bilan xarakterlanadi. “Virtual voqelik” kategoriyasi bir tomondan Internetdagi uning imkon qadar imkoniyatlarini ochib berishi, boshqa tomondan esa, Internet bugunning oʻzida insonning virtual olamlarga kirib ketishi muammosini dolzarb qilib qoʻymoqda. Bir tomondan Internet axborot makonining globallashuv tendensiyasining tenglashishiga imkon yaratadi. Boshqa tomondan turli mamlakatlarning texnikiqtisodiy rivojlanish surʼatlaridagi farqlar chuqurlashuviga imkon yaratadi. Bu eng avvalo, shu bilan bogʻliqki, barcha mamlakatlar ham oʻz iqtisodiy rivojlanishi tufayli, tarmoqqa ommaviy qoʻshilishni ishlab chiqara olmaydilar. Aynan shu bois, internet rivojlanishning asosiy koʻrsatkichlari bugungi kunda jamiyat taraqqiyotining eng muhim meʼzonlarini birlashtirgan koʻzguga aylanmoqda hamda iqtisodiyot va texnikaning zamonaviy xolatini jamlangan holda aks ettirmoqda. Hozirgi axborot inqilobi oldingi davrlarda paydo boʻlgan axborot uzatish usullarining koʻpgina tomonlarini oʻzida sintez qilgan zamonaviy kompyuter texnologiyalariga asoslangan Internet kabi hodisalarning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Axborotning koʻpligi voqea-hodisalarni yuzaki, tez va chala idrok etishga sabab boʻladi. Faqat hissiyotlargina emas, intellektual salohiyat ham “oʻtmas”lashadi [3]. Kolumbiyalik olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, 2006-yilda butun dunyo OAV, nashriyotlar va reklama sanoati 161 eksabayt(1 EB=260 bayt) axborot ishlab chiqargan. Bu insoniyat tarixi davomida yozilgan barcha kitoblardan uch million barobar koʻp.
Internet axborot miqdori qadriyati ziddiyatliligi ochib bergan holda tenglik, erkinlik va ijod qadriyatlarining ziddiyatliligini namoyon etmoqda. Bugungi kunda biz jamiyat koʻp jihatdan foydasiz, siyqasi chiqqan va qiziqarli boʻlmagan axborot oqimi ostidagi axborot guruhlariga tortilishi mumkinligi borasida soʻz yuritishimiz mumkin. Tarmoqning tuzilishi va axborot katta miqdorining saqlash imkoniyati nafaqat ommaviy, balki ham marginal, ham elitar madaniyatni taqdimot qilish uchun imkon beradi. Muayyan maʼnoda internet ommaviy madaniyatning qudratini bosib turadi.
Xullas, biz internetdagi virtual muloqot aniq shaxslararo muloqot yetishmasligidagi qoplama funksiyasini bajaradi deb hisoblaymiz.
Birinchidan, internetmuloqot virtual hamjamiyatlar shakllanishiga imkon yaratadi. Virtual hamjamiyat rasmiy alomatlar asosida emas, balki uning aʼzolarining kommunikatsiya uchun yagona maqsadiga muvofiq shakllanadi.
Bu maʼnoda internetkommunikatsiya yangi turdagi ijtimoiy jamoalar yaratishning tashkiliy omiliga aylanadi. Bularda shaxs oʻzini himoyalangan va boshqalar uchun kerakli deb hisoblashga qodir boʻladi. Koʻrinib turganidek, yolgʻizlik nafaqat “boshqalarsiz axvolim chatoq” maʼnosida emas, balki, “men xech kimga kerak emasman, shuning uchun axvolim chatoq” muammosi maʼnosida qaror topadi.
Ikkinchidan, virtual muloqot aloqa qiluvchilarni isteʼmolchilik, birbirlariga funksional munosabat chegaralaridan tashqarida aralashtirib yuboradi. Hamsuhbatlarning muloqot mavzusiga hamda birbirlariga oʻzaro qiziqishi internetkommunikatsiyaning muhim mazmundor alomatidir. Virtual hamsuhbatdan axborot va qoʻshimcha xissiyot olishdan tashqari bironbir boshqa foyda chiqmaydi. Ayni vaqtda axborot va xissiy almashuvga intilish aloqa qiluvchilarning oʻzaro ikkiyoqlama istagidir.
Uchinchidan, internetmuloqot eski doʻstlar bilan uzilib qolgan aloqalarni tiklashga va yangi doʻstlar topishga imkon beradi.
Internet inson tomonidan dunyoning turli nuqtalarida turgan kishilar bilan muloqot qilishi uchun qulay vaqt tanlashga imkon borligidan shaxslararo uloqotni oʻn bora kengaytirib yuboradi.
Shunday qilib, internetkommunikatsiya ahamiyatli kishilar burjidagi “boʻsh oʻrinlar” toʻldirilishi muammosini hal qilishda koʻmaklashadi.
Bekobod tuman adliya
bo’limi yuridik
xizmat ko’rsatish
markazi boshlig`i Iskandarov Alijon Abdullayevich