Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Korruptsiya va manfaatlar to’qnashuvini oldini olishning huquqiy asoslari.


Korruptsiya va manfaatlar to’qnashuvini oldini olishning huquqiy asoslari.

         Korruptsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo’lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur etkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo’lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.

    Hozirgi davrda korruptsiya ko’pgina davlatlarning iqtisodiy va siyosiy salohiyatiga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatib bera oldi. Unga qarshi kurashish, muntazam ravishda amalga oshirilishi zarur bo’lgan dolzarb vazifalardan biriga aylandi.

“Korruptsiya” — shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.

“Korruptsiyaga oid huquqbuzarlik” — korruptsiya alomatlariga ega bo’lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish.

    Shulardan kelib chiqib, 2017 yil 3 yanvarda “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinib, korruptsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi yaratildi.     Ushbu Qonunning muhim ahamiyatli jihati korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari haqida ma’lumot berilib, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshirishlari nazarda tutilgan.

        Qonunning asosiy maqsadi korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

    O’zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni 3-moddasida asosiy tushunchalar berilgan bo’lib, unda korruptsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar to’qnashuviga doir tushunchalarga ta’rif berilgan, ya’ni korruptsiya – shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.

    Mazkur Qonun o’z navbatida, fuqarolarga korruptsiya va korruptsiyaga oid huquqbuzarlikning nima ekanligi va ularning salbiy illatlari haqida ma’lumot beradi.

Korruptsiyaga qarshi kurashishning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:

-qonuniylik;

-fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

-ochiqlik va shaffoflik;

-davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;

-javobgarlikning muqarrarligi.

Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari

Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

- aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

- davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ularga chek qo’yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi printsipini ta’minlash.

    Darhaqiqat, korruptsiya har qanday jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hayotiga xavf soladigan, qolaversa, mamlakat taraqqiyotiga to’siq bo’ladigan illatdir.

    Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish va bunda korruptsiya jinoyatiga qarshi kurashish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

    Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar sharoitida davlat qurilishi va huquqiy siyosatning mazmun va mohiyatini aniqlashtirish, uning maqsad va vazifalarini islohotlarning bugungi taraqqiyoti asosida shakllantirib borish, inson manfaatlarini ta’minlashning strategik jihatdan yangi vositalar bilan bir qatorda, ham taktik xususiyatga ega bo’lgan yangi usullarni qo’llash, shaxs hamda jamiyat manfaatlarini yanada samaraliroq himoya qilish, korruptsiyaning oldini olishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish ehtiyoji vujudga kelishi bilan belgilanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.07.2021 yildagi “Korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo’lish, davlat va jamiyat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish, bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni va ushbu Farmonni ijrosini ta’minlash yuzasidan “Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha 2021-2022 yillarga mo’ljallangan DAVLAT DASTURI” alohida ahami-yatga egadir.

Unda mamlakat rivojlanishining bugungi bosqichida korruptsiya O’zbekiston davlati va jamiyati taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi qayd etilganligi, Korruptsiya holatlarining har qanday ko’rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo’lish va unga qarshi ayovsiz kurashish barcha darajadagi davlat organlari rahbar va xodimlarining eng ustuvor vazifasi etib belgilanganligi e’tirofga loyiq.

Shuningdek ushbu dasturning V-bo’lim, 43-bandida Ta’lim muassasalarida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish bo’yicha tizimli va manzilli tadbirlarni amalga oshirish, yoshlarga korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash masalasiga alohida e’tibor qaratilib, boshqa vazirlik va idoralar qatori Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul etib belgilandi.

Mamlakatimizda korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg’or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo’yicha izchil choralar ko’rilmoqda.

Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo’lga qo’yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Ilk bor korruptsiyaviy xavflarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish uchun mas’ul bo’lgan alohida organ—Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Davlat hokimiyati organlari va yirik xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo’lga qo’yilmoqda.

Raqamli texnologiyalar imkoniyatidan keng foydalangan holda transport vositalariga davlat raqam belgilarini berish, notariat va boshqa davlat xizmatlarini ko’rsatish, er uchastkalarini ajratish, yo’l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish kabi ko’plab sohalarda korruptsiya va suiiste’molchiliklarning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlar joriy etilmoqda.

Shu bilan birga, ko’rilayotgan tizimli choralarga qaramasdan, byudjet mablag’laridan foydalanish, davlat xaridlari, kapital qurilish, litsenziya va ruxsatnomalarni olish, bank kreditlarini ajratish, ishga qabul qilish kabi yo’nalishlarda korruptsiya holatlari saqlanib qolmoqda.

Korruptsiyaga qarshi kurashish va korruptsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish va korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo’lish muhitini shakllantirish maqsadida:

O’z navbatida “manfaatlar to’qnashuvi”-tushunchasiga xam qisqacha to’xtalib o’tsak.

Manfaatlar to’qnashuvi – shaxsiy manfaatdorlik shaxsning lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko’rsatayotgan yoxud ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolar, tashkilotlar, jamiyat yoki davlat huquqlari, qonuniy manfaatlari o’rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo’lgan (ehtimoliy manfaatlar to’qnashuvi) vaziyat”.

“Manfaatlar to’qnashuvining oldini olish to’g’risida”gi qonun loyihasi bilan davlat xizmatchilariga taxmin qilinayotgan manfaatlar to’qnashuvi to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi majburiy etib belgilanishi, shuningdek, manfaatlar to’qnashuviga oid talablarni buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan.

Davlat tashkiloti xodimlari manfaatlar to’qnashuvini tartibga solish bo’yicha ko’rilgan choralar ustidan yuqori turuvchi davlat tashkilotiga, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligiga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega ekani belgilanmoqda.

Davlat tashkiloti xodimlari mavjud manfaatlar to’qnashuvida o’z ish yurituvidagi hujjatlar bo’yicha qaror qabul qilinishidan oldin bevosita rahbariga yoki maxsus bo’linmaga xabar berishi, davlat tashkiloti boshqa xodimlari bo’yicha o’ziga ma’lum bo’lgan manfaatlar to’qnashuvi to’g’risida xabar berishi majburiy etib belgilanmoqda. 

Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to’qnashuvi oldini olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilanmoqda.

        Agentlikka quyidagi vakolatlar berilmoqda: 

·         davlat tashkilotlari manfaatlar to’qnashuvini tartibga solish bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

·         manfaatlar to’qnashuvini tartibga solish bo’yicha davlat tashkiloti faoliyatini o’rganish;

·         manfaatlar to’qnashuvi holatlari to’g’risidagi xabarnoma, taxmin qilinayotgan manfaatlar to’qnashuvi to’g’risidagi deklaratsiya hamda manfaatlar to’qnashuvi to’g’risidagi deklaratsiya namunaviy shakllarini tasdiqlash;

·         manfaatlar to’qnashuvi bilan bog’liq har qanday holatlar aniqlanganda, bitim, buyruq va boshqa hujjatni bekor qilish to’g’risida davlat tashkilotiga taqdimnoma yoki ularni haqiqiy emas deb topish bo’yicha sudga da’vo kiritish.

Mazkur Qonunlarning qabul qilinishi davlat idoralarining korruptsiyaning oldini olish va korruptsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish bo’yicha mas’uliyati oshirilishiga, ijtimoiy-iqtisodiy, fuqaroviy munosabatlarda korruptsiyaviy omillarning kamayishiga, davlat xizmatida tanish-bilishchilik, qarindosh-urug’chilikning oldini olishga xizmat qilishi shubxasizdir.

 

Bekobod tuman Adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Rizaqulov Xusniddin Maxamadiyevich