Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Yuridik shaxslar qancha muddatda qayta ro’yxatdan o’tishi shart?


Yuridik shaxslar qancha muddatda qayta ro’yxatdan o’tishi shart?

 

Tadbirkorlik sub’ektlari-Yuridik shaxslar quyidagi muddatlarda qayta ro’yxatdan o’tishi zarur:

Joylashgan joyining (pochta manzilining) o‘zgarishi (bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan ortiq soliq qarzi mavjud bo‘lmagan taqdirda)- o‘zgargan paytdan boshlab 10 kun mobaynida;

           Ta’sis hujjatlari ma’lumotlaridagi, shu jumladan ta’sis hujjatlarining firma nomlaridagi, tashkiliy-huquqiy shakllaridagi, ustav fondi miqdoridagi, muassislar tarkibidagi, shuningdek boshqa o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar (qo‘shimchalar)- tegishli o‘zgarishlar vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab 30 kun mobaynida;

          Muassislarning (ishtirokchilarning) ustav fondidagi ulushlari (hissalari) o‘zgarishi, aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno- tegishli bitim amalga oshirilgan paytdan boshlab 30 kun mobaynida;

           Tadbirkorlik subyektlarining qayta tashkil etilishi (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, qayta tuzish, bo‘lish, ajratib chiqarish)- qayta tashkil etilgan paytdan boshlab 30 kun mobaynida.

           Bekobod tumani adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi direktori Ubaydulla Mirzayev.