Янгиликлар
Mehnatga haq to‘lash masalasida jamoa-shartnomaviy hujjatlarning ahamiyati
Mehnatga haq to‘lash masalasida jamoa-shartnomaviy
hujjatlarning ahamiyati
Milliy mehnat qonunchiligida jamoa shartnomalari va kelishuvlari vositasida mehnat haqi masalalarini hal etish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.
Jumlandan, Mehnat kodeksiga binoan jamoa shartnomalari vositasida quyidagi masalalar hal qilinishi lozim:
mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlarni belgilash
Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.
Mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi. Mehnatga haq, qoida tariqasida, pul shaklida to‘lanadi. Mehnat haqini natura shaklida to‘lash taqiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno.
Byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek davlat korxonalarining xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarining eng kam darajasi qonunchilik bilan belgilanadi.
Tabiiy-iqlim va turmush sharoitlari noqulay bo‘lgan joylarda mehnat haqiga rayon koeffitsientlari va ustamalar belgilanadi.
Rayon koeffitsientlari va ustamalar joriy qilinadigan joylarning ro‘yxati, shuningdek ularni qo‘llanish tartibi va miqdori O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
ish vaqtidan tashqari ishlar hamda dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun to‘lanadigan haqning aniq miqdori 157-modda
Ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi. To‘lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
Bayram yoki dam olish kunidagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin. Xodimning iltimosiga binoan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish soatlariga teng keladigan miqdorda otgul berilishi ham mumkin. Bayram yoki dam olish kunidagi ish yoxud ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to‘lanadi. (MK 153 modda)
Tungi vaqtdagi va kechki smenadagi ish uchun to‘lanadigan haqning aniq miqdori ya’ni tungi vaqtdagi har bir soati uchun kamida bir yarim baravar miqdorda haq to‘lanadi.
Tungi vaqtdagi ish uchun oshirilgan miqdorda to‘langan haq tarif stavkalariga (mansab maoshlariga) qo‘shilmaydi.
To‘lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
Jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib, kechki smenadagi ish uchun oshirilgan miqdorda haq to‘lash nazarda tutilishi mumkin. Bevosita tungi smenadan oldingisi kechki smena deb hisoblanadi. (MK 158-modda
mehnatga haq to‘lash muddatlari, ish beruvchining aybi bilan xodimga haq to‘lash kechiktirilganligi uchun mehnat kodeksining 161 moddasida javobgarlik belginlangan;
Mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas. Xodimlarning ayrim toifalari uchun alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan ish haqi to‘lashning boshqa muddatlari belgilab qo‘yilishi mumkin.
Haq to‘lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to‘lanadi.
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga tegishli barcha summalarni to‘lash ushbu Kodeksning Mehnat kodeksining 110-moddasiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Jamoa shartnomasida ish beruvchining aybi bilan xodimga haq to‘lash belgilangan muddatlarga nisbatan kechikkanligi uchun javobgarlik nazarda tutilishi mumkin.
Xodimning ish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarini (xizmat safari davrida va ko‘chib yurish bilan bog‘liq ishlarda, boshqa joydagi ishga ko‘chib borganda, xodimga tegishli mol-mulkdan foydalanganlik uchun) kompensatsiya qilish shartlari va tartibi mehnat kodeksining 170-moddasida belgilab berilgan;
Shuningdek kasaba uyushmalarining mehnat haqi sohasidagi vazifalari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra kasaba uyushmasining tashkilot sifatidagi eng muhim iqtisodiy maqsadi – xodimlarning mehnat haqi va daromadlarini yuksaltirishga ko‘maklashishdir.
Ish beruvchi va ushbu sohada faoliyat olib boradigan mutaxassis (buxgalteriya hisob-kitob bo‘limlarining xodimlari) kasaba faollari keltirgan izohlarni o‘rganishsa hamda talab etishsa, ijobiy natija aniq bo‘ladi: mehnat nizolari ancha kamayadi va mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari tegishli tarzda rag‘batlantiriladi.
Bekobod tuman adliya bo‘limi yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i A.Iskandarov