Янгиликлар
AYoLLAR QANDAY HOLLARDA "AYoLLAR DAFTARI"DAN ChIQARILADI
AYoLLAR QANDAY HOLLARDA "AYoLLAR DAFTARI"DAN ChIQARILADI
???? Vazirlar Mahkamasining 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, xotin-qizlar quyidagi hollarda «Ayollar daftari»dan chiqariladi:
❗️har bir toifa bo‘yicha belgilangan amaliy yordamlar to‘liq ko‘rsatilganda (individual dastur asosida);
❗️to‘liq davlat ta’minotiga olinganda;
❗️o‘z arizasiga ko‘ra;
❗️«Ayollar daftari»ga noqonuniy kiritilganligi aniqlanganda;
❗️boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda;
❗️sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
❗️shaxs vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilganda.
Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi
Musayev Sunnatillo Soibjonovich