Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

KIMLAR JINOYaT SODIR ETIShDA GUMONLANUVChI SIFATIDA UShLAB TURILIShI MUMKIN.


KIMLAR JINOYaT SODIR ETIShDA GUMONLANUVChI SIFATIDA UShLAB TURILIShI MUMKIN.

 

???? Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasiga asosan, jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxs quyidagi asoslar mavjud bo‘lganda ushlab turilishi mumkin:

 

✅ 1) shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga tushsa;

 

✅ 2) jinoyat shohidlari, shu jumladan jabrlanuvchilar uni jinoyat sodir etgan shaxs tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatsalar;

 

✅ 3) uning o‘zida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan jinoyatning yaqqol izlari topilsa;

 

✅ 4) shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos bo‘ladigan ma’lumotlar mavjud bo‘lib, u qochmoqchi bo‘lsa yoki doimiy yashaydigan joyi yo‘q yoxud shaxsi aniqlanmagan bo‘lsa.

 

➖Manashu asoslardan biri mavjud bo‘lganida shaxs jinoyat sodir qilganlikda gumon qilinib, ushlab turilishi mumkin. Ko‘rsatilganlardan tashqari boshqa holatlarda shaxs asossiz ushlab turilishi mumkin emas. Sababsiz ushlab turishga biror-bir tizim haqli xam emas.

 

Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi

Musayev Sunnatillo Soibjonovich