Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

SUDDA DAVLAT BOJINI TOʻLASHDAN OZOD ETILADI


SUDDA DAVLAT BOJINI TOʻLASHDAN OZOD ETILADI

 

???? Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:

 

✅ 1) daʼvogarlar — ish haqini undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan;

 

✅ 2) daʼvogarlar — alimentlar undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;

 

✅ 3) daʼvogarlar — mehnatda mayib boʻlganligi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;

 

✅ 4) daʼvogarlar — qonunga xilof ravishda hukm etganlik, jinoiy javobgarlikka tortganlik, maʼmuriy jazo berganlik tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq nizolar yuzasidan;

 

✅ 5) daʼvogarlar — jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan; va boshqalar (http://lex.uz/ru/docs/4680944#4682417).

 

Bekobod tumani adliya

boʻlimi boshligʻi                                                                           Q.Joʻrayev.