Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Daʼvo muddati tadbiq qilinmaydigan holatlar.


Daʼvo muddati tadbiq qilinmaydigan holatlar.

 

Biz xar qanday sudga murojaat qilganimizda albatta daʼvo muddatlari muhim roʻl oʻynaydi. Sababi agar daʼvogar belgilangan muddatni oʻtkazib yuborsa, ishning uning foydasiga hal boʻlish masalasi qiyinlashadi. Shunday nizolar borki ularga daʼvo muddati qoʻllanmaydi. Fuqarolik kodeksining 163-moddasiga asosan Daʼvo muddati quyidagilarga joriy qilinmaydi:

 

???? shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish haqidagi talablarga;

 

???? omonatchilarning oʻz omonatlarini berish toʻgʻrisida bankka qoʻyadigan talablariga;

 

???? fuqaroning hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni toʻlash haqidagi talablarga. Daʼvo muddati oʻtganidan keyin qoʻzgʻatilgan talablar daʼvo qoʻzgʻatilishidan oldingi koʻpi bilan uch yil boʻyicha qondiriladi;

 

???? jinoyat tufayli yetkazilgan zararni toʻlash haqidagi talablarga;

 

???? mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining oʻz huquqini har qanday buzishlarni, garchi bu buzishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa ham bartaraf etish haqidagi talablariga;

 

???? mamlakat mustaqilligi eʼlon qilinishidan oldin uning chegaralaridan tashqariga olib chiqib ketilgan tarixiy, madaniy va ilmiy-badiiy qiymatga ega boʻlgan mol-mulkni hamda boshqa qimmatbaho obyektlarni qaytarib berish haqidagi talablarga;

 

Bekobod tumani adliya

boʻlimi boshligʻi                                                                           Q.Joʻrayev.