Янгиликлар
AYoLLAR DAFTARIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA QANDAY YO‘NALIShLARDA YoRDAM KO‘RSATILADI
AYoLLAR DAFTARIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA QANDAY YO‘NALIShLARDA YoRDAM KO‘RSATILADI
???? Vazirlar Mahkamasining 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
⭕️ 1) ishsiz xotin-qizlar uchun — ularni bandligini ta’minlash;
⭕️ 2) tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun —- tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;
⭕️ 3) boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun —- bir martalik moddiy yordam berish, zarur hollarda ularni uy-joyini ta’mirlash;
⭕️ 4) ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — tibbiy yordamlar ko‘rsatish;
⭕️ 5) uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — ijara kompensatsiyasini to‘lash, ijtimoiy uylarga joylashtirish, uy-joy bilan ta’minlash;
⭕️ 6) qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — bir martalik moddiy yordam berish; zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish.
Bekobod tuman Adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Rizaqulov Xusniddin Maxamadiyevich