Янгиликлар
TUGʻILGANLIK TOʻGʻRISIDAGI GUVOHNOMA YOʻQOLIB QOLSA UNI TAKROR OLISH MUMKINMI
TUGʻILGANLIK TOʻGʻRISIDAGI GUVOHNOMA YOʻQOLIB QOLSA UNI TAKROR OLISH MUMKINMI
Hukumatning 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ga koʻra, dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi saqlanayotgan FHDYO organi manfaatdor shaxslarning arizalariga koʻra va tegishli dalolatnoma yozuvlari asosida takroriy guvohnomalar beradi.
Tugʻilganlik haqida takroriy guvohnomalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvi qayd etilgan tegishli shaxsning oʻziga, uning ota-onalariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonch qogʻozlari asosida boshqa shaxslarga beriladi.
Bekobod tumani adliya boʻlimi
FXDYO boʻlimi mudirasi Nargiza Tashpulatova.