Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

YOLGʻIZ ONADAN TUGʻILGAN BOLAGA TUGʻILGANLIK GUVOHNOMASINI OLISH


YOLGʻIZ ONADAN TUGʻILGAN BOLAGA TUGʻILGANLIK GUVOHNOMASINI OLISH

 

SAVOL;

Yolgʻiz onadan tugʻilgan bolaning tugʻilishini qayd etish uchun qayerga murojaat qilish va qanday hujjatlarni taqdim etish lozim boʻladi?

 

JAVOB;

 

➡️Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 31-dekabrdagi buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga asosan yolgʻiz onadan tugʻilgan bolaning tugʻilishni qayd etish uchun yolgʻiz (qonuniy nikohda boʻlmagan) ona tomonidan FHDYO organiga onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma ariza taqdim etiladi.

 

➡️Agar tugʻilgan bolaning onasi voyaga yetmagan boʻlsa, tugʻilishni qayd etish bolaning tugʻilganligi haqida tibbiy maʼlumotnoma hamda vasiylik va homiylik organining arizasiga asosan onaning yashash joyidagi FHDYO organi tomonidan qayd etiladi. Bunda bolani tuqqan onaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi, shuningdek yashash va oʻqish joyidan rasmi yelimlangan holdagi maʼlumotnomalar taqdim etilishi lozim.

 

 

Bekobod tumani adliya boʻlimi

FXDYO boʻlimi mudirasi                          Tashpulatova Nargiza Ochilbayevna.