Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

OʻQITUVCHILAR - ATTESTATSIYADAN QANDAY OʻTKAZILADI


OʻQITUVCHILAR - ATTESTATSIYADAN QANDAY OʻTKAZILADI.

Sentyabrdagi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrda “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 572-son qarori qabul qilingan.

 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab- quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan boshlab:

·         maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha attestatsiya komissiyalari tuzish va yigʻma jild orqali hujjat topshirish amaliyoti bekor qilindi;

·         pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish ularning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oʻquv fani boʻyicha malaka sinovini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

 Quyidagilarni nazarda tutuvchi Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan:

·         pedagog kadrlarning pedagogik mahoratini va psixologik tayyorgarligini baholash hamda oʻquv fani boʻyicha malakalarini sinovdan oʻtkazish;

·         davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Taʼlim inspeksiyasining rasmiy sayti orqali oʻqituvchilarning hujjatlarini onlayn qabul qilish;

·         oʻqituvchilarga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi sertifikat berish.

Pedagog kadrlarga ushbu qaror qabul qilingunga qadar berilgan attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlar oʻz kuchida qoladi hamda amaldagi malaka toifasini (lavozimini) tasdiqlashda va amal qilish muddati tugagunga qadar sertifikatda koʻrsatilgan malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha bazaviy tarif stavkalari asosida haq toʻlashda hisobga olinadi.


Bekobod tumani adliya

boʻlimi boshligʻi                                           Joʻrayev Qaxramon Abduvoitovich.