Янгиликлар
Mulk huquqi tushunchasi
Mulk huquqi tushunchasi
Mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir.
Mulkdor bo‘lmagan shaxslarning ashyoviy huquqlarining mazmuni
Mulk huquqi bilan bir qatorda xususan quyidagilar ashyoviy huquqlar hisoblanadi:
xo‘jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi;
meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi;
yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi;
servitutlar.
Mol-mulkka egalik qilish huquqining boshqa shaxsga o‘tishi, agar qonunchilikda o‘zga tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bu mol-mulkka nisbatan o‘zga ashyoviy huquqlarning bekor bo‘lishi uchun asos bo‘lmaydi.
Mulkdor bo‘lmagan shaxsning ashyoviy huquqlarining buzilishi ushbu Kodeksning 232-moddasida nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi.
Mulkning daxlsizligi
Mulk daxlsizdir va qonun bilan qo‘riqlanadi.
Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha subyektlarning mulk huquqini buzishdan o‘zlarini saqlashlaridan iboratdir.
Mulkdorning mol-mulkini olib qo‘yishga, shuningdek uning huquqlarini cheklashga faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasida mulk xususiy mulk va ommaviy mulk shakllarida bo‘ladi.
Mulk huquqining subyektlari. Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat mulk huquqining subyektlaridir. Mol-mulk mulk huquqi asosida bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq shaxslarga qarashli bo‘lishi mumkin.
Mol-mulk fuqaro, yuridik shaxs yoki davlatning mulki bo‘lishiga qarab mulk huquqini, mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqini vujudga keltirish va bekor qilish xususiyatlari qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi.
Olmaliq shahar adliya bo‘limi boshlig‘i I.Noyobov