Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Xazina.


Xazina. Egasi aniqlanishi mumkin bo‘lmagan yoki qonunga binoan huquqlarini yo‘qotgan xazina, ya’ni erga ko‘milgan yoki boshqacha usulda yashirilgan pul yoxud qimmatbaho buyumlar xazina yashirib qo‘yilgan mol-mulk (yer uchastkasi, imorat va shu kabilar) mulkdori bo‘lgan shaxs va xazinani topgan shaxs mulkiga, agar ular o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, teng ulushlarda o‘tadi.

Xazina u yashirib qo‘yilgan yer uchastkasi yoki boshqa mol-mulk egasining roziligisiz qazishma ishlarini olib borgan yoki boylik qidirgan shaxs tomonidan topilgan taqdirda, bu xazina u topilgan yer uchastkasining yoki boshqa mol-mulkning egasiga topshirilishi kerak.

Moddiy madaniy meros obyektlari jumlasiga kiradigan ashyolardan iborat xazina topilgan taqdirda, ular davlat mulkiga topshirilishi kerak. Bunda xazina yashirib qo‘yilgan yer uchastkasi yoki boshqa mol-mulkning egasi va xazinani topgan shaxs birgalikda xazina qiymatining ellik foizi miqdorida mukofot olish huquqiga egadirlar. Agar ular o‘rtasidagi kelishuvda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, mukofot bu shaxslar o‘rtasida teng ulushlarda taqsimlanadi.

Bunday xazinani u yashirib qo‘yilgan mol-mulk egasining roziligisiz qazishma ishlarini olib borgan yoki boylik qidirgan shaxs topib olsa, bu shaxsga mukofot to‘lanmaydi va xazina batamom mulkdorning ixtiyoriga o‘tadi.

Xazina topish uchun qazishma va qidiruv ishlarini olib borish mehnat yoki xizmat vazifalariga kiradigan shaxslarga nisbatan ushbu moddaning qoidalari qo‘llanilmaydi.

Mulk huquqining bekor bo‘lish asoslari

Mulk huquqi mulkdorning ixtiyoriy suratda majburiyatni bajarishi, mulkdorning mol-mulk taqdirini hal qiladigan bir tomonlama qaror qabul qilishi, sud qarori asosida mol-mulkni olib qo‘yish (sotib olish) yo‘li bilan, shuningdek mulk huquqini qonun asosida bekor qiluvchi qonunchilik hujjatiga asosan bekor bo‘ladi.

 

 

Olmaliq shahar adliya bo‘limi boshlig‘i                                    I.Noyobov