Янгиликлар
Umumiy mulk huquqidagi ulushning shartnoma bo‘yicha oluvchiga o‘tish payti
Umumiy mulk huquqidagi ulushning shartnoma bo‘yicha oluvchiga o‘tish payti
Umumiy mulk huquqidagi ulush shartnoma bo‘yicha oluvchiga, agar taraflarning kelishuvi bilan boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma tuzilgan paytdan boshlab o‘tadi.
Umumiy mulk huquqidagi ulushning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan shartnoma bo‘yicha boshqa shaxsga o‘tish payti ushbu Kodeks 185-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq belgilanadi.
Birgalikdagi mulk bo‘lgan mol-mulkni taqsimlash va undan ulush ajratish
Umumiy mol-mulkni birgalikdagi mulk ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash, shuningdek ulardan birining ulushini ajratish dastlab ishtirokchilardan har birining umumiy mulk huquqidagi ulushi aniqlanganidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Umumiy mulk taqsimlanganida va undan ulush ajratilganida, agar qonunda yoki ishtirokchilarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ularning ulushlari teng hisoblanadi.
Umumiy mulkni taqsimlash va undan ulush ajratish asoslari hamda tartibi Fuqarolik Kodeks 223-moddasi bilan, birgalikdagi mulkning ayrim turlari uchun esa — boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
Undiruvni umumiy mol-mulkdagi ulushga qaratish
Ulushli yoki birgalikdagi mulk ishtirokchisining kreditori mulkdorda boshqa mol-mulk yetarli bo‘lmaganida undiruvni qarzdorning umumiy mol-mulkdagi ulushiga qaratish uchun bu ulushni ajratishni talab qilishga haqli.
Agar bunday hollarda ulushni asli holida ajratish mumkin bo‘lmasa yoki ulushli yoxud birgalikdagi mulkning qolgan ishtirokchilari bunga e’tiroz bildirsalar, kreditor qarzdor o‘z ulushini umumiy mulkning qolgan ishtirokchilariga ushbu ulushning qiymatiga mutanosib narxda sotib, sotishdan tushgan mablag‘larni qarzni uzishga qaratishini talab qilishga haqli.
Umumiy mulkning qolgan ishtirokchilari qarzdorning ulushini sotib olishdan voz kechgan taqdirda kreditor undiruvni qarzdorning umumiy mulk huquqidagi ulushiga ushbu ulushni kimoshdi savdosi orqali sotish yo‘li bilan qaratishni sud orqali talab qilishga haqli.
Olmaliq shahar adliya bo‘limi boshlig‘i I.Noyobov