Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Garovga qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganida garovning saqlanishi


Garovga qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganida garovning saqlanishi

Garovga qo‘yilgan mol-mulkka mulk huquqi yoki uni xo‘jalik asosida yuritish huquqi garovga qo‘yuvchidan ushbu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish natijasida yoxud universal huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda garov huquqi o‘z kuchida qoladi, bundan muomaladagi tovarlarning garovi hamda garovga qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi yoki xo‘jalik asosida yuritish huquqi garovni saqlamagan holda boshqa shaxsga o‘tishiga garovga oluvchi rozilik bildirgan hollar mustasno.

Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda o‘zgacha tartib belgilangan bo‘lmasa, garovga qo‘yuvchining huquqiy vorisi garovga qo‘yuvchining o‘rniga o‘tadi va uning hamma bupchlarini bajaradi.

Agar garovga qo‘yuvchining garov narsasi bo‘lgan mol-mulki huquqiy vorislik tartibida bir necha shaxsga o‘tgan bo‘lsa, huquqiy vorislarning (mol-mulkni oluvchilarning) har biri garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmaslikning garovdan kelib chiqadigan oqibatiga mazkur mol-mulkning o‘ziga o‘tgan qismiga mutanosib ravishda javob beradi. Agar garov narsasi bo‘linmasa yoki boshqa asoslarga ko‘ra huquqiy vorislarning umumiy mulki bo‘lib qolsa, ular solidar garovga qo‘yuvchilarga aylanadilar.

Garovga qo‘yilgan mol-mulkni majburiy ravishda olib qo‘yishning oqibatlari

Agar garovga qo‘yuvchining garov narsasi bo‘lgan mol-mulkka mulk huquqi qonun bilan belgilangan asoslar va tartibda, jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi (qayta sotib olish), rekvizitsiya yoki natsionalizatsiya oqibatida bekor bo‘lsa, garovga qo‘yuvchiga boshqa mol-mulk beriladi yoki tegishli haq (kompensatsiya) to‘lanadi. Bunday holda o‘rniga-o‘rin berilgan mol-mulkka garov huquqi tatbiq etiladi yoki tegishincha, garovga oluvchi garovga qo‘yuvchiga tegishi kerak bo‘lgan haq summasidan (kompensatsiyadan) o‘z talabini imtiyozli qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.

Garov narsasi bo‘lgan mol-mulk aslida ushbu mol-mulkning egasi boshqa shaxs ekanligi asosida garovga qo‘yuvchidan qonunda belgilangan tartibda olib qo‘yilgan hollarda ushbu mol-mulkning garovga qo‘yilishi bekor bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda garovga oluvchi garov bilan ta’minlangan majburiyatni muddatidan ilgari bajarishni talab qilishga haqli.

 

Olmaliq shahar adliya bo‘limi boshlig‘i                                    I.Noyobov