Янгиликлар
Endilikda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar qoʻshimcha kasanachilik bilan ham shugʻullanishi mumkin.
Endilikda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar qoʻshimcha kasanachilik bilan ham shugʻullanishi mumkin.
Kasanachi kim? kasanachi bu, uyda ishlovchi — ish beruvchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosida oʻz mehnat vazifalarini uylarida bajaruvchi xodimlar hisoblanadi.
Mamlakatimizda, kasanachilarga qulay soliq rejimini joriy etish, faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini kengaytirish, tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻz faoliyatiga kasanachilarni keng jalb qilishni ragʻbatlantirish orqali aholining bandligini taʼminlash va daromadlarini koʻpaytirish maqsadida joriy yilning 24-fevral kunida muhtaram Prezidentimiz tomonidan “Kasanachilikni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarori imzolanib, ijroga qaratildi.
Mazkur qaror bilan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni kasanachi sifatida tovarlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish faoliyatiga jalb qilinib, kasanachi sifatida jalb qilingan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga kasanachilik faoliyati uchun nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar bilan birga oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun belgilangan imtiyoz va preferensiyalar ham qoʻllaniladi.
Shuningdek, 2023-yil 1-martdan 2026-yil 1-yanvarga qadar uch oydan ortiq muddatga oʻttiz nafardan ziyod kasanachilarni belgilangan tartibda jalb qilgan va kasanachilik asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yaʼni koʻrsatilgan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari jami daromadining 60 foizidan koʻprogʻini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari uchun foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliqning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilgan holda, biroq tadbirkorlik subyekti tomonidan kasanachilarga toʻlangan ish haqi miqdorining 1,5 baravaridan oshmagan miqdorda hisoblanishi va davlat mulki obyektlaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlari 50 foiz miqdorida belgilanadi.
Bundan tashqari, davlat xaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda byudjet buyurtmachilari tomonidan 50 foiz miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirish nazarda tutilishi, 2023-yil 1-martdan 2026-yil 1-yanvargacha 3 oydan koʻp 30 tadan ortiq kasanachilarni jalb qilgan va u asosida ishlab chiqargan mahsulotlardan olingan daromadi jami daromadining 60 foizidan koʻpini tashkil etgan tadbirkorlar uchun foyda va aylanmadan olinadigan soliqning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilib hisoblanishi belgilangan.
Qarorga asosan ayrim davlat mulkilaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi 50 foiz miqdorda, davlat xaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda buyurtmachilar tomonidan 50 foiz oldindan toʻlov amalga oshirilishi belgilandi.
Shuningdek, qarorga koʻra, “Usta-shogird” maktablar oʻquvchilari ijtimoiy soliqni oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda toʻlaydi va kam taʼminlangan oilalarga bolalar puli va moddiy yordam berishda ularning kasanachilik yoki qishloq xoʻjaligiga mavsumiy jalb qilingan 6 oygacha boʻlgan davrda olgan daromadlari inobatga olinmaydi hamda kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilib, 2023-yil 1-martdan jamgʻarma hisobidan tadbirkorlarga har bir kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi faoliyati uchun 1 oylik daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.
Mazkur qaror bilan tadbirkorlarga 2025-yil 1-yanvargacha kasanachilik bilan shugʻullanayotgan ishsiz va ish qidirayotgan, ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskunalar va xom ashyo xarid qilish uchun BHMning 30 baravarigacha, kasanachilik asosida uyda ishlayotgan nogironlarning ish joyini moslashtirish uchun BHMning 40 baravarigacha va kasanachilarni kasb-hunarga oʻqitishg uchun BHMning 2 baravarigacha subsidiyalar ajratiladi.
Xuddi shuningdek, hokim yordamchilari tavsiyasi asosida tadbirkorlarga aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun har bir kasanachi uchun 2 mln soʻmgacha, jami 300 mln soʻmgacha yillik 14 foiz, 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha kredit ajratilishi hamda jamgʻarma hisobidan har bir kasanachi uchun 1 mln soʻmgacha, jami 150 mln soʻmgacha 2 yilgacha muddatga foizsiz ssuda ajratilishi belgilangan.
Bundan tashqari qarorga asosan 2023-yil 1-iyungacha davlat ulushi mavjud savdo majmualari va dehqon bozorlarida hunarmandchilik va kasanachilik rastalari tashkil etiladi.
Ohangaron tumani adliya
bo‘limi boshlig‘i Jo‘rayev Baxriddin Nasriddinovich