Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Meros qoldiruvchiga tegishli barcha mulklar meros tarkibiga kiritiladi.


Meros qoldiruvchiga tegishli barcha mulklar meros tarkibiga kiritiladi.

 

    Meros ochilganda meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan, uning o‘limidan keyin ham bekor bo‘lmaydigan barcha huquq va majburiyatlar meros tarkibiga kiradi.

    Quyidagilar meros qoldiruvchining shaxsi bilan bog‘liq huquq va majburiyatlar hisoblanadi hamda meros tarkibiga kirmaydi:

     tijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga a’zolik, ularda ishtirok etish huquqlari;

hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zarar uchun tovon undirish;

    aliment huquqlari va majburiyatlari;

    pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar olish huquqi;

    shaxsiy nomulkiy huquqlar.

Meros qoldiruvchining shaxsiy nomulkiy huquqlari va boshqa nomoddiy boyliklari merosxo‘rlar tomonidan himoya qilinishi mumkin.

  Ohangaron tumani adliya

          bo‘limi boshlig‘i                             Jo‘rayev   Baxriddin Nasriddinovich