Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi


Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori (44–son, 31.01.2023 y.) bilan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.

- Nizomga ko‘ra, bitiruvchilarga quyidagi turdagi shahodatnomalar beriladi:

tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma (9-sinf);

tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma (9-sinf);

umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma (11-sinf);

umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida (kumush medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);

umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);

psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat.

-         Shahodatnoma o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.

-         Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Bunda har yili 1 dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli ma’lumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.

Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20 iyunga qadar beriladi.

Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.

Qarorga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili yakunidan “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar kiritib boriladi.

 

     Ohangaron tuman adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish Markaz boshligʼi                           Urazova Charos               

                                                                                                       Ashuraliyevna