Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi


Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

Konstitutsiyamizning 7-moddasida "Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. Oʻzbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini koʻzlab va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan organlar tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini oʻzlashtirish, hokimiyat organlari faoliyatini toʻxtatib qoʻyish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos boʻladi", deb belgilangan.

(https://lex.uz/docs/6445145#6445188)Mazkur moddada hokimiyatning yagona manbai xalq ekanligining belgilanishi, davlat boshqaruvni amalga oshirishda vakolatni xalqdan olishini anglatadi.

Konstitutsiyada davlat hokimiyati – qonun chiqaruvchi organ – Oliy Majlis, sud hokimiyati – Oliy sud va Konstitutsiyaviy sud, ijro hokimiyati esa Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshirilishi mustahkamlangan,

Prezident esa davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini taʼminlaydi.

Xalq davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi organ va mansabdor shaxslarni saylashda, tayinlashda bevosita yoki vakillari orqali ishtirok etadi.

Konstitutsiyaga xilof ravishda davlat hokimiyati vakolatlarini har qanday shaklda egallab olish taqiqlanadi va javobgarlikka sabab boʻladi.

Ohangaron tuman adliya boʻlimi

bosh maslahatchisi                                                  Abdurashid Hakimov