Янгиликлар
Soʻnggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga davlat tomonidan katta eʼtibor qaratilmoqda
Soʻnggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga davlat tomonidan katta eʼtibor qaratilmoqda
Soʻnggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish koʻlami va turlarini kengaytirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 1-iyun sanasida PF-82-son Farmoni qabul qilinib, bu borada aholini manzilli himoya qilishning asosiy yoʻnalishlari belgilab berildi unga koʻra:
kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy himoya tizimini joriy qilish;
ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali aholining koʻmakka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini taʼminlash;
ijtimoiy himoyani mahalla darajasigacha tashkil etish, ogʻir hayotiy ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
aholining ijtimoiy sugʻurta mexanizmlari bilan qamrab olinishini kengaytirish;
xavf guruhlariga tushib qolgan oilalarni aniqlash va kompleks ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish orqali ularning ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish;
nogironligi boʻlgan shaxslarning hayot kechirishi uchun qulay muhit yaratishni qamrab oldi.
Shuningdek, mazkur Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi shuningdek, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar)larda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilishi nazarda tutildi hamda ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etish maqsadida 2023-yil 1-iyuldan boshlab Agentlikning tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy xodimlar guruhlari tashkil etilib va ularning asosiy vazifalari belshilab berildi, xususan?
har bir xonadon ahvolini oʻrganib, oilalardagi haqiqiy holatni hamda ularning ijtimoiy xizmatlar va yordamga boʻlgan ehtiyojini aniqlash;
oilalarning iqtisodiy-ijtimoiy holati va ehtiyojlarini oʻrganish natijasida ularning ijtimoiy pasportlarini shakllantirish;
ehtiyojmand aholi bilan, shu jumladan keys-menejment usulini qoʻllagan holda samarali ish tashkil qilish, ulardan ijtimoiy xizmatlar va yordam olish boʻyicha buyurtmalar qabul qilish, zaruratga qarab buyurtmalarni masʼul vazirlik va idoralarga yuborish;
ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori boʻlgan oilalarni muntazam ravishda monitoring qilib borish, ular uchun ijtimoiy xizmat va yordamlarni tashkil etishdan iborat.
Oxangarn tuman adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti Tuxliyev Xamidullo