Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Bilasizmi ayollar uchun mehnat kodeksida qoʻshimcha taʼtillar boʻyicha qanday imtiyozlar mavjud


 

Bilasizmi ayollar uchun mehnat kodeksida qoʻshimcha taʼtillar boʻyicha qanday imtiyozlar mavjud

Xususan, mehnat kodeksining 401-moddasida Oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida toʻrt kalendar kun boʻlgan haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil berilishi nazarda tutildi.

Shuningdek, Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan taʼtil yillik mehnat taʼtiliga qoʻshib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu taʼtildan alohida (toʻliq yoxud qismlarga boʻlib), lekin faqat tegishli ish yili davomida foydalanilishi mumkinligi hamda Ushbu taʼtilni keyingi ish yiliga koʻchirishga yoki uni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilandi.

Shu bilan bir qatorda mazkur kodeksning 402-moddasida

Oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki nafar va undan ortiq bolaning yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxsga), ularning xohishiga koʻra, har yili ish haqi saqlanmagan holda davomiyligi kamida oʻn toʻrt kalendar kun boʻlgan taʼtil berilishi belgilanib,

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan taʼtil yillik mehnat taʼtiliga qoʻshib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu taʼtildan alohida (toʻliq yoxud qismlarga boʻlib), lekin faqat joriy ish yili davomida foydalanilishi ushbu taʼtilni keyingi ish yiliga koʻchirishga yoʻl qoʻyilmasligi nazarda tutildi.

 

Oxangarn tuman adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                              Tuxliyev Xamidullo