Янгиликлар
Seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimi haqida nimalarni bilasiz!
Seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimi haqida nimalarni bilasiz!
“Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–158-son, 16.05.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2023-yil 1-dekabrdan Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.
Mazkur milliy tizim doirasida Oʻzbekiston va unga chegaradosh hududlardagi seysmik hodisalarning monitoringi real vaqt rejimida yuritiladi.
Zilzila oʻchogʻiga yaqin ikki va undan ortiq seysmik stansiyalarda kuchli (5 va undan yuqori balli) tebranishlar aniqlanganda:
“Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi toʻgʻrisida tezkor xabarnoma yuboriladi.
2023-yil 1-avgustdan:
“Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi” ishga tushiriladi;
Suv omborlarida ishlovchi masʼul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish va birlamchi tahlil qilish boʻyicha har 2 yilda malakasini oshirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
2024-yil 1-yanvardan seysmik faol zonalarda joylashgan shaharlarning bosh rejalari loyihalarini tegishli hududlarning seysmik mikrohududlashtirish xaritalariga asoslangan holda ishlab chiqish amaliyoti joriy qilinadi.
Hududlarning seysmik mikrohududlashtirish xaritalari Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqiladi.
2023-yil 1-iyundan respublika hududlarida mavjud faol tektonik yer yoriqlarining koʻrsatkichlarini oʻrganish ishlari tashkil etiladi.
2023/2024 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim bosqichlarining amaldagi taʼlim dasturlariga Zilzila vaqtida toʻgʻri harakatlanish qoidalari kiritiladi.
Qarorga koʻra, 2023-yil 1-sentyabrdan:
????seysmik faol zonada joylashgan seysmik xavfsizligi III-IV toifaga kiruvchi koʻp kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarda (zinapoya yoʻlaklari, cherdak va umumiy foydalanishdagi oshxonalarda) oʻzboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar;
????koʻp kvartirali uylarning, shu jumladan ularning yertoʻla va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka taʼsir qiluvchi konstruksiyalarga oʻzboshimchalik bilan kiritilgan oʻzgartirishlar aniqlanadi.
Aniqlangan noqonuniy holatlar boʻyicha qonunchilikka muvofiq choralar koʻriladi.
Seysmik xavfsizligi II–IV toifadagi qurilayotgan yoki mavjud obyektlarning konstruksiyasini oʻzgartirish (qavatlar sonini oʻzgartirish, yonma-yon qurish, ustiga qavat qurish) boʻyicha qurilish ishlarini boshlashga faqat loyihaning oʻzgartirilgan shaharsozlik hujjatlari qayta ekspertizadan oʻtkazilib, ijobiy xulosa olingandan soʻng ruxsat etiladi.
2023-yil 1-iyundan:
????seysmik xavfsizligi IV toifadagi bino va inshootlar boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish Loyiha-qidiruv tashkilotlari elektron reytingida “S” va undan yuqori toifaga ega tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
????seysmik xavfsizligi III–IV toifadagi bino va inshootlar boʻyicha qurilish ishlari Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingida “SSS” va undan yuqori toifaga (shu jumladan “A” va “B” turdagi barcha toifalarga) ega boʻlgan qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan bajariladi.
2023-yil 1-oktyabrdan seysmik xavfsizligi II–IV toifadagi bino va inshootlar boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish va nazorat funksiyalarini amalga oshirish yoʻnalishlaridagi faoliyat yurituvchi mutaxassislarni sertifikatlash tartibi joriy etiladi.
2024-yil 1-yanvardan obyektlarda davlat nazorati, buyurtmachining texnik nazorati, ishlab chiquvchining mualliflik nazorati va pudratchining ichki nazorati tadbirlarini tegishli yoʻnalishlar boʻyicha maxsus bilim va sertifikatga ega mutaxassislar tomonidan amalga oshirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Qarorga koʻra, quyidagilarni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga kiritib borish majburiy hisoblanadi va maʼlumotlarning jamoatchilik uchun ochiqligi taʼminlanadi:
· qurilish obyektlari ustidan davlat nazorati;
· buyurtmachining texnik nazorati;
· ishlab chiquvchining mualliflik nazorati;
· pudratchining ichki nazorati tadbirlari;
· ularda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlar;
· ularni bartaraf etish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ohangaron tuman adliya boʻlimi
Davlat xizmatlari markazi direktori Kuchimova Shaxlo Xasanovna