Янгиликлар
Jinoyat uchun jazo muqarar
Jinoyat uchun jazo muqarar
O‘zbekiston Respublikasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunining 13-moddasiga asosan Adliya organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlaridan biri sifatida, aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish kirishligi belgilangan.
Dastlabki tergov hujjatlariga ko‘ra, 1995 yil 26 avgust kuni
Bekobod tumanida tug‘ilgan ABV transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzishi oqibatida jabrlanuvchining o‘rtacha og‘ir turdagi tan jarohati olishiga sabab bo‘lgan yo‘l transport hodisasini sodir qilganlikda ifodalangan jinoyatni quyidagi holatda sodir etganlikda fosh etiladi.
Jumladan: u Bekobod tumanda yashab kelb, 2022 yil 23 noyabr kuni soat taxminan 17:30larda o‘ziga tegishli bo‘lgan, oq rangli “Neksiya-2” rusumli avtomashinani Bekobod tuman “Xos” MFYdan xududidan o‘tgan avtomobil yo‘lidan Bekobod tuman O‘zbekiston MFY xududi tomon yo‘lning asfaltlangan, quruq xolatdagi avtomobil yo‘lida taxminan 70 km/soat tezlikda harakatlanib kelib, amaldagi «Yo‘l harakati qoidalari» ning 77-bandi 3-qismi talablarini qo‘pol ravishda buzgan, ya’ni 77-bandi 3-qismi talablariga ko‘ra: “xaydovchi transport vositasini boshqarish paytida aniqlay olishi mumkin bo‘lgan xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini to‘liq to‘xtashini ta’minlaydigan darajada kamaytirishi chorasini ko‘rishi kerak” bo‘lsada, haydovchi ABV jinoiy beparvolik bilan harakat xavfsizligiga rioya qilmasdan, avtomashinani boshqarib, mazkur avtomobil yo‘lning unga nisbatan o‘ng tomondan xarakatlanib yo‘lning chap tomoniga o‘tayotgan, bir bosh chorva molni urib yuborib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan, natijada Xos MFY tomon xarakatlanib kelayotgan Bekobod tumanda yashovchi SFRning boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasini sodir etgan.
Ish bo‘yicha tayinlangan sudga oid tibbiyot ekspertizasining
10.12.2022 yildagi 1244-I-sonli xulosasiga asosan BBJning chap kurak suyagi okramial qismidan yopiq sinishi, yuqori lab shilliq qavati chap tomonidagi lat yegan yarasi qandaydir o‘tmas qattiq jism yoki jismlar ta’sirida yetkazilgan bo‘lib, bunga yo‘l transport xodisasida xarakatda bo‘lgan avtomashinani salon ichki bo‘rtib chiqqan jixozlari ta’sirida yetkazilgan bo‘lishi mumkinligi, bu jarohatlarning olingan vaqti tibbiy xujjatga asosan 2022 yil 23 noyabr kuniga to‘g‘ri kelishi, ushbu tan jarohatlari birgalikda sog‘liqni 21 kundan ortiq, ammo
4 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga buzulishiga olib kelganlik mezoni bo‘yicha O‘rta Og‘ir tan jarohatlari toifasiga kirishligi aniqlangan.
Shunday qilib, QUX o‘zining transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini, ya’ni amaldagi «Yo‘l harakati qoidalari» ning 77-bandi 3-qismi talablarini qo‘pol ravishda buzishi oqibatida jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l transport hodisasini sodir qilganlikda ifodalangan harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudining 2023 yil 24 yanvar kunidagi xukmiga ko‘ra, ABV O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi
1-qismi bilan aybli deb topilib unga nisbatan 1 yil muddati belgilangan.
Yuqoridagilarni ko‘rib chiqib shuni aytishimiz mumkunki jinoyat uchun jazo muqarar, shu sababdan ham fuqarolarimizdan qonun hujjatlarida belgilangan o‘z haq huquqlarini bilishlarini hamda, o‘z navbatida jamiyatda barcha uchun amal qilinishi majburiy bo‘lgan qonun hujjtlariga og‘ishmay rioya qilishlarini so‘rab qolgan bo‘lar edik.
Mualiflar:
Bekobod tuman adliya bo‘limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslaxatchisi Musaev Sunnatillo Soibjonovich
Bekobod tumani IIB xuzuridagi Tergov bulimi tergovchisi katta leytenant Mamaroziev Jasurbek Ravshanbekovich