Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Jinoyat uchun jazo muqarar


Jinoyat uchun jazo muqarar

 

O‘zbekiston Respublikasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunining 13-moddasiga asosan Adliya organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlaridan biri sifatida, aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish kirishligi belgilangan.

Dastlabki tergov hujjatlariga ko‘ra, 1978 yil 01 aprel kuni RAV muqaddam: 1) 14.01.2014 yilda Bekobod shahar sudining ajrimiga ko‘ra, unga nisbatan JKning 168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan bo‘lgan jinoyat ishi amnistiya aktiga asosan tugatilgan. 2). 14.10.2015 yilda Oqqo‘rg‘on tuman sudining ajrimiga ko‘ra, JKning 189-moddasi 3-qismi bilan bo‘lgan jinoyat ishi amnistiya aktiga asosan tugatilgan. 3) 29.12.2015 yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudining ajrimiga ko‘ra, unga nisbatan to‘plangan xujjatlar 2013 yil 12 dekabr kunidagi amnistiya aktiga asosan tugatilgan. 4). 06.01.2016 yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudining ajrimiga ko‘ra, JKning 168-moddasi 1-qismi bilan bo‘lgan jinoyat ishi 2011 yil
5 dekabrdagi amnistiya aktining 2-bandiga asosan tugatilgan.
5) 04.02.2016 yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudining hukmiga ko‘ra, JKning 167-moddasi 2-qismi “g” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, 3 yil muayyan huquqdan mahrum qilinib, 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 6) 23.01.2017 yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudining hukmiga ko‘ra, JKning 167-moddasi 2-qismi “g” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, JKning 59-moddasi 8-qismi va 61-moddasiga asosan 3 yil muayyan huquqdan mahrum qilinib, 3 yil 4 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayingan, jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron tuman sudining 2017 yil 16 martdagi ajrimi bilan o‘talmay qolgan 2 yil 2 oy 18 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi JKning 74-moddasiga asosan shu muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan, jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudining 2017 yil 27 oktyabr kunidagi ajrimi bilan o‘talmay qolgan 1 yil 3 oy 7 kun axloq tuzatish ishlari jazosidan JKning
73-moddasiga asosan shartli ravishda ozod qilingan. 7) 23.02.2018 yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudining hukmiga ko‘ra, JKning
168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, JKning
60,61,62-moddalariga asosan 11 oy 11 kun davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organida moddiy va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda, 2 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan, o‘talmay qolgan 23 kun muayyan huquqdan maxrum qilish jazosidan 2019 yil 28 yanvari kuni JKning 73-moddasiga asosan shartli ravishda ozod qilingan. 8) 28.11.2019 yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudining hukmiga ko‘ra, JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, JKning 60,61,-moddalariga asosan 3 yil davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organida moddiy va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 6 yil 3 oy ozodlikdan maxrum qilish jazosi tayinlanib, 25.12.2020 yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan tayinlangan jazodan to‘liq ozod etilgan bo‘lsada, bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarib olmasdan, jamiyat uchun foydali mehnat bilan shug‘ullanmasdan, yana jinoyat sodir etish yo‘liga kirib, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar turkumiga kiruvchi takroran firibgarlik, ya’ni xavfli residivist bo‘la turib, aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini talon-taroj qilishda ifodalangan jinoyatni sodir etganlikda fosh etiladi.

Jumladan u Bekobod shaxarda yashab kelib, xavfli residivist bo‘la turib, o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, 2022 yil 15 avgust kuni o‘ziga keyinchalik tanish bo‘lgan, Bekobod tumanida yashovchi 08.09.1983 yilda tug‘ilgan TAAning yashash xonadoniga kelib, unga tegishli bo‘lgan jami bir bosh chorva molni jami 21.000.000 so‘mga savdolashib, ushbu chorva molning pulini esa 7 kun ichida naqd pul shaklida olib kelib berishini va’da qilib, unga tegishli bo‘lgan jami 21.000.000 so‘mlik bir bosh chorva molni jinoiy yo‘llar bilan qo‘lga kiritib, ushbu chorva molni so‘yib, o‘ziga notanish bo‘lgan shaxslarga jami 24.000.000 so‘mga sotib yuborib, fuqaro TAAni ishonchini suiiste’mol qilib, unga chorva mol uchun olib kelib berishi lozim bo‘lgan 21.000.000 so‘m pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

RAV xavfli residivist bo‘la turib, firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqini qo‘lga kiritishda ifodalangan jinoiy harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan.

Bundan tashqari, u o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, xavfli residivist bo‘la turib, takroran o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, 2022 yilning taxminan 19 avgust kuni o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan, Bekobod tumanida yashovchi 17.10.1974 yilda tug‘ilgan AORning yashash xonadoniga kelib, unga tegishli bo‘lgan jami bir bosh chorva molni jami 15.500.000 so‘mga savdolashib, ushbu chorva molning pulini esa 10 kun ichida, naqd pul shaklida olib kelib berishini va’da qilib, unga tegishli bo‘lgan jami 15.500.000 so‘mlik bir bosh chorva molni jinoiy yo‘llar bilan qo‘lga kiritib, ushbu chorva molni o‘ziga notanish bo‘lgan shaxslarga jami 6.500.000 so‘mga sotib yuborib, fuqaro AORni ishonchini suiiste’mol qilib, unga chorva mol uchun olib kelib berishi lozim bo‘lgan 15.500.000 so‘m pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Shunday qilib, RAV xavfli residivist bo‘la turib, takroran firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqini qo‘lga kiritishda ifodalangan jinoiy harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudining 2023 yil 10 mart kunidagi xukmiga ko‘ra, OIA O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi
3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib unga nisbatan 2 yil 12 kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Yuqoridagilarni ko‘rib chiqib shuni aytishimiz mumkunki jinoyat uchun jazo muqarar, shu sababdan ham fuqarolarimizdan qonun hujjatlarida belgilangan o‘z haq huquqlarini bilishlarini hamda, o‘z navbatida jamiyatda barcha uchun amal qilinishi majburiy bo‘lgan qonun hujjtlariga og‘ishmay rioya qilishlarini so‘rab qolgan bo‘lar edik.

 

Mualiflar:

 

Bekobod tuman adliya bo‘limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslaxatchisi Musaev Sunnatillo Soibjonovich

 

Bekobod tumani IIB xuzuridagi Tergov bulimi tergovchisi katta leytenant Mamaroziev Jasurbek Ravshanbekovich